Granulotsitopoez - donador leykotsitlarning takomil etishi

Granulotsitopoez - donador leykotsitlarning takomil etishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Granulotsitopoez - donador leykotsitlarning takomil etishi - rasmi

Material tavsifi

Granulotsitopoez - donador leykotsitlarning takomil etishi Reja: Granulotsitopoezning sxemasi va bosqichlari. Monotsitopoez jarayoni. Trombotsitopoez va uning bosqichlari. Sxematik ravishda granulotsitopoez quyidagicha ifodalanadi: o'zak hujayra - mielopoezning boshlang'ich hujayrasi - mieloblast - promielotsit - mielotsitlar - metamielotsitlar - tayoqcha yadroli leykotsitlar - yetuk yoki segment yadroli leykotsitlar. Mieloblast - granulotsitopoez protsessida morfologik jihatdan aniqlanishi mumkin bo'lgan eng yosh hujayra. O'z tuzilishi jihatidan mieloblastlar differensiallashmagan blastlarga o'xshab ketadi. Mieloblastlar elektron mikroskopda ko'rilganda ularning tsitoplazmasi erkin holda yotgan ribosomalar va polisomalarga boy ekanligi, tstoplazmada kam sonli dumaloq mitoxondriyalar va dag'al endoplazmatik tur borligi kuzga tashlanadi. Golji kompleksi bazi bir hujayralarda yaxshi rivojlangan bo'lib, yadroga yaqin yerda joylashgan. Bu zonaga yaqin qismlarda Yangi hosil bulayotgan, kattaligi taxminan 0, 5 - 0, 8 mkm keladigan donachalarni uchratish mumkin. Promielotsitlar - donador leykotsitlarning takomillashishida mieloblastlardan keyin keladigan hujayra bosqichidir. Promielotsitlar kattaligi 12 - 18 mkm bo'lgan hujayralar bo'lib, tsitoplazmalarida morfologik jihatdan bir - biridan tubdan farq qiluvchi donadorlik paydo bo'lishi tufayli uch alohida turga - neytrofil, bazofil va eozinofil promielotsitlarga bo'linadi. Neytrofil promielotsitlar dumaloq yoki oval shaklga ega, ularning tsitoplazmasi Romanovskiy usuli bilan buyalganda kuk binafsha tusni oladi va turli xil donadorlikka ega bo'ladi. Kattaligi har - xil bo'lgan donachalarni asosan ikki gruppaga ajratish mumkin. Birinchi xil donachalar yirikroq bo'lib, o'z buyalish xususiyatlari bilan azurofil donachalarga uxshaydi. Bu donachalar promielotsit bosqichida ko'pchilikni tashkil etib, ularning soni neytrofil hujayralarning rivojlanishi davomida kamayib boradi. Ikkinchi xil donachalar kam sonli va maydaroqdir. Elektron mikroskop ostida promielotsitlar tsitoplazmasida ko'p sonli kengaygan endoplazmatik tur kanalchalari, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi borligi aniqlangan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 01:58 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.14 KB
Ko'rishlar soni 78 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga