Hamshiralik faoliyatida palpatsiya o'tkazishning ahamiyati. Palpatsiya o'tkazish tartibi va hamshiraga qo'yiladigan talablar. Palpatsiya qonun-qoidalari LYeKTOR: Prof. Razikova I.S. PAYPASLASh (PALPATIO) Paypaslash tarixini Buqrot asarlarida uchratish mumkin, u vaqtda faqat yuzaki a'zolar (teri, suyak, bo'g'im, o'smalar) o'rganilgan hamda tomir urishi (puls) paypaslangan. PAYPASLASh - fizikal obyektiv tekshiruv usullaridan biri bo'lib, u qo'l terisining va tekshiruluvchi azoning sezuvchangligiga bog'liq. PAYPASLASh USULINI QUYIDAGI A'ZOLARDA O'TKAZISh MUMKIN: Qalqonsimon bez palpatsiyasi; Limfa tugunlari palpatsiyasi; Ko'krak qafasi palpatsiyasi; Yurak cho'qqi turtkisi palpatsiyasi; Qorinni yuzaki va chuqur palpatsiyasi; Jigar palpatsiyasi, Taloq palpatsiyasi, Buyrak palpatsiyasi; Bo'g'imlar palpatsiyasi; KO'KRAK QAFASINI PAYPASLASh Ko'krak qafasini paypaslab ko'rish orqali uni ko'zdan kechirish natijalari, yani ko'krak qafasining shakli, undagi deformatsiyalar, nafas harakatlari, ko'krak qafasining rezistentligi, pulsatsiyalar, og'riq sezuvchi joylar, tovush dirillashi aniqlanadi. Palpatsiya ikki qo'l kaftlarini ko'krak qafasining simmetrik joylariga qo'yib, avval sekin-asta, keyin qattiqroq bosib ko'rish yo'li bilan o'tkaziladi. Avval ko'krak qafasining yuqori qismlari old tomondan, yuqoridan pastga qarab, keyin yon tomonlar va shundan so'ng orqa tomondan yuqoridan pastga qarab paypaslab chiqiladi. Ko'krak qafasida qo'yidagi xollarda og'riq seziladi: qovurg'alar shikastlanganda; qovurg'alararo mushaklar va nervlar yallig'langanda; plevra kasalliklarida. Tovush dirillashini tekshirish xam palpatsiya yo'li bilan amalga oshiriladi. Tovush dirillashi deganda, odam gapirganda tovush to'lqinlari tebranishining ko'krak qafasi orqali qo'lga o'tishi (sezilishi) tushuniladi. Tovush qanchalik past va ko'krak qafasi yupqa bo'lsa, tovush dirillashi kuchli bo'ladi, chunki bunda tovush boylamlari va ko'krak qafasining tebranishi bir-biriga mos keladi. Tovush dirillashini aniqlash Tovush dirillashini aniqlash uchun vrach ikki qo'lining kaftini ko'krak qafasining simmetrik qismlariga zich qo'yib bemordan «R» tovushi ko'proq bo'lgan so'zlarni talaffuz qilishni so'raydi. Masalan: arra, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
986.8 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 01:59
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
986.8 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 01:59 ]
Arxiv ichida: ppt