Harakat doirasi - tuzilishi, vazifasi, tekshirish usullari, patologiyasi va zararlanish sindromlari Reja: Piramida tizimini (tug'ilganidan keyingi) davrdagi rivojlanish xususiyatlari Kattalarda va bolalarda harakat tizimini tekshirish usullari Periferik turdagi falajlar Spinal turdagi falajlar Tserebral turdagi falajlar Alternirlashgan gemiplegiyalar Harakat odam hayotida juda katta o'rin tutadi. Uning asosini reflekslar tashkil etadi. Barcha harakatlar 2 turga: ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlarga bo'linadi. 36- rasm. Piramida yo'li. Motor - harakat sohasi Penfil sxemasi Ichki kapsula orqa soni Miya oyoqchasi Varoliev ko'prigi Piramidalar Piramida kesishmasi Yon piramida yo'li (kesishgan) Oldingi piramida yo'li Tyurk tutami Ixtiyorsiz harakatlarning asosida shartsiz reflekslar yotadi. Oddiy shartsiz reflekslarning reflektor yoyi orqa miya segmentlarida va bosh miya o'zagida tutashsa, murakkab shartsiz reflekslar esa bosh miya po'stloq osti o'zaklaridan tutashadi. Ixtiyoriy harakatlardan farqli o'laroq, ixtiyorsiz harakatlar odamni o'ziga bog'liq bo'lmagan holda, avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Kattalarda ixtiyoriy harakatlar piramida tizimi ta'sirida bo'ladi. Bosh miya po'stlog'ida hosil bo'lgan impulslar ixtiyoriy harakat yo'li orqali mushaklarga etkazilishi natijasida, ixtiyoriy harakat vujudga keladi. Ixtiyoriy harakatni bajarishda bosh miyaning po'stloq qavati bilan bir qatorda po'stloq osti o'zaklari, miyacha, orqa miya ham ishtirok etadi. Ixtiyoriy harakatni asosini kortikomuskulyar yo'l hosil qiladi. Kortiko-muskulyar yo'lni xususiyatlari. Bu yo'l efferent va 2 ta neyrondan iborat: A) 1-neyron markaziy, kortiko-spinal (piramida) yo'lini tashkil qiladi; B) 2-neyron periferik, spino-muskulyar yo'lini tashkil qiladi. Birinchi neyron hujayrasi bosh miya po'stlog'ida joylashgan. Kortiko-spinal, yani birinchi neyronni 80-95% uzunchoq va orqa miya chegarasida kesishma hosil qiladi. Kortiko-muskulyar (piramida) yo'lining tuzilishi. Kortiko-muskulyar yo'lning birinchi neyroni miya po'stlog'ining markaz orqa pushtasi va paratsentral bo'lakchasining beshinchi qavatida joylashgan gigant piramida (Bets) ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:06:07
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.62 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:06 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
49.62 KB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:00 ]
Arxiv ichida: docx