Hayvon kasalliklari haqida ta'limot Reja: Kasallik to'g'risida tushuncha hamda uning nazariy va amaliy ahamiyati. Kasallikning rivojlanishi, kasallikni davolash va oldini olish tadbirlarining samaradorligi. Patologiya - hayvon organizmida uchraydigan kasalliklarning paydo bo'lishi, rivojlanish qonuniyatlari hamda oqibatini o'rganadigan fandir. U har bir kasalliklarda ro'y beradigan qon aylanishi va to'qimalardagi anormal o'zgarishlar, yallig'lanish, issiqlik almashinuv patologiyasi va boshqa kasalliklarda namoyon bo'ladigan umumiy patologik jarayonlarni o'rgatadi. Umumiy patologiya asosan quyidagilarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Kasallik haqida tushuncha. Kasallikni paydo qiluvchi sabab va sharoitlar (etiologiya). Kasallik paydo bo'lishi va rivojlanish qonuniyatlari (patogenezi). Qon aylanishining mahalliy buzilishi. Issiqlik almashinuv patologiyasi Moddalar almashinuvi patologiyasi. Nerv va endokrin (ichki sekretsiya bezlari) tizimsi tomondan organizm faoliyatini boshqarishning izdan chiqishi va boshqalar. Umumiy patologiyani eksperimental va tabiiy fanlar yutuqlari orqali o'rganish mumkin. Kasalliklarning mohiyatini tushuntirish qadim zamonlardan beri ikki nazariyaning (materialistik va idealistik) o'zaro qarashi bilan bog'liq bo'lib kelgan. Kasallikning kelib chiqishi va umumiy rivojlanish qonuniyatlari qanchalik aniq o'rganilsa hamda ularga aniq diagnoz qo'yilsa, kasallikning oldini olish va uni davolash tadbirlari samarali bo'ladi. Qadimgi greklarda (eramizda oldingi asrlarda) Gippokrat organizm tarkibida 4 xil modda, yani 4 xil suyuqlik (qon, shilimshiq, qora va sariq ut) borligini, shu 4 xil suyuqlikning o'zaro munosabatini tashqi muhit o'zgartirib yuborishi natijasida kasallik paydo bo'lishini takidlab o'tgan. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) tajriba va kuzatish usullarini keng va har taraflama qo'llash natijasida turli kasalliklar va ularning kelib chiqishi, oqibatlari hamda aniqlash usullarini yozib qoldirgan. Kasallik haqidagi ta'limot hamda tushunchalarni aniqlash uchun sog'liq va salomatlik nima degan savolga javob berish kerak. Organizm, uning tuzilishi va faoliyati to'satdan paydo ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.54 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:00
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.54 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:00 ]
Arxiv ichida: docx