Hayvonlarni urug'lantirish. Spermaning biokimyosi va fiziologiyasi

Hayvonlarni urug'lantirish. Spermaning biokimyosi va fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Hayvonlarni urug'lantirish. Spermaning biokimyosi va fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Hayvonlarni urug'lantirish. Spermaning biokimyosi va fiziologiyasi Reja: Hayvonlarni tabiiy urug'lantirish usullari. Sperma. Uning kimyoviy tarkibi. Spermatozoidlarning tuzilishi, harakatlanish turlari. Spermioagglyutinatsiya. Turli hayvonlar spermasining fiziologik xususiyatlari. 1. Hayvonlarni tabiiy urug'lantirish usullari. Hayvonlarni urchitishda tabiiy va sun'iy urug'lantirish usullaridan foydalaniladi. Hayvonlarni urug'lantirishga to'g'ri tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Urg'ochi hayvonlarni urug'lantirishga tayyorlashda quyidagi veterinariya zoogigiyena qoidalariga rioya qilish kerak: 1. Urg'ochi hayvonlarni etarlicha sog'lom va spermasi sifatli buqalar bilan ta'minlash. 2. Urg'ochi hayvonlar urug'lantirishdan oldin malum semizlikda bo'lishi shart. Urug'lantirish yoshidagi tana va sigirlar etarli semirishi uchun 1-2 oziqa birligi qo'shimcha beriladi. Qo'ylarni urug'lantirishga tayyorlash va qo'zilarni onasidan ajratish urug'lantirish mavsumiga 45-60 kun qolganda boshlanadi. Cho'chqa bolalarini onasidan tug'ilgandan keyin 4-6 haftada ajratish eng optimal vaqt hisoblanadi. 3. Sutchilik fermalarida sigirlarni urug'lantirishga tayyorlash tug'ishdan keyingi davrda parvarishlashga bog'liq. Yangi tuqqan sigirlarga faol matsion berilishi shart. Shundagina sigirlar urug'lantirish uchun yaxshi tayyorlanadi. 4. Sigirlarni ginekologik dispanserlashdan o'tkazish va kasal hayvonlarni o'z vaqtida davolash zarur. Jinsiy moyillik kuzatilgan sigirlarni o'z vaqtida aniqlash kerak. Chorvachilik amaliyotida hayvonlar tabiiy va sun'iy usullarda urug'lantiriladi. Tabiiy urug'lantirish - jinsiy aloqa vaqtida, yani erkak va urg'ochi hayvon birgalikda bo'lganda, qachonki hamma jinsiy reflekslar paydo bo'lganda sodir bo'ladi. sun'iy urug'lantirish - erkak nasldor hayvonning ishtirokisiz, yani jinsiy aloqasiz ruy beradi. Bu vaqtda urug' urg'ochi hayvon jinsiy a'zolariga maxsus kateterlar orqali yuboriladi. Tabiiy urug'lantirish - (volnaya sluchka) paytida asosiy vazifa nasldor erkak hayvonni tanlash va urg'ochi hayvon bilan jinsiy alog'ada bo'lishini (koitus) ta'minlashdan iborat bo'ladi. sun'iy urug'lantirishda esa jinsiy aloqa va jinsiy reflekslar bo'lmasdan erkak hayvondan olingan sperma urg'ochi hayvonning jinsiy yo'llariga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.8 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.8 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga