Hazm qilish a'zolari fiziologiyasi

Hazm qilish a'zolari fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Hazm qilish a'zolari fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

hazm qilish a'zolari fiziologiyasi Reja: Og'iz bo'shlig'ida so'rilish. me'dada ovqat hazmi. me'da osti bezining ovqat hazmiga ta'siri. Ovqat hazmida jigarning ishtiroki. o't-sarfo ajralishi. Ingichka ichakda ovqat hazmi. Ingichka ichak enzimlari. Bo'shliqlardagi, hujayralar ichidagi va membranadagi hazmlar. Ingichka ichakning shilliq pardasidagi so'rilish. Og'iz bo'shlig'ida so'rilish. Ovqat chaynalayotganda og'iz bo'shlig'ida so'lak ajrala boshlaydi. So'lak uch juft yirik va juda ko'p mayda so'lak bezlari mahsulotidir. Yiriklari quloq oldi, jag' osti va til osti bezlari, mayda bezlar esa til, jag' va tanglayni qoplagan shilliq pardada joylashgan. So'lak tarkibida shilimshiq modda (mutsin) va oqsillar (seroza) bor. Shilimshiq bezlar til ildizida va tanglayda joylashgan. Ulab ishlab chiqargan so'lak quyuq, chunki unda mutsin miqdori ko'p. quloq oldi va tilning yon yuzasidgi mayda bezlar so'lagida oqsil ko'proq, mutsin deyarli yo'q. Bu seroz bezlarining so'lagi suyuq. Jag' osti va til bezlari seroz va shilimshiq hujayralarga ega. Tinch holatda ajralgan so'lak miqdori 0,3-0,24ml daqiqada. Bu so'lak og'iz bo'shlig'ini namlab turish uchun kerak. Ovqat chaynaganda so'lak ajralishi bir daqiqada 3-3,5ml ga etadi. Bir kecha - kundazi 0,5-2,0l so'lak ajraladi. So'lak bilan ajraladigan enzim-lizotsim va rodon tuzlari bakteritsid va bakteriostatik ta'sirga ega. So'lakning 99,4-99,5% suv (rN 5,8-7,4). Ajralish tezligi oshsa, so'lakning muhiti ishqor tomonga siljiydi. Uning 0,5-0,6% ga teng quruq qoldig'ida 0,2% atrofida anorganik, 0,4% organik moddalar bor. Natriy, kaliy, kaltsiy kationlari, xlor va NSO3 anionlari anorganik moddalarning asosiy qismi, mukopolisaxaridlar, glikoproteinlar, oqsillar (shu jumladan enzim oqsillaridan) organik moddalari. So'lakdagi b-amilaza polisaxaridlarni kraxmalga, glikogenni dekstrinlarga, qisman disaxarid maltozaga va oz miqdorda glyukozagacha parchalaydi. me'dada ovqat hazmi. me'daning silliq mushaklari uning harakatlarini yuzaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.61 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 37.61 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga