Hazm qilish va uning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Hazm a'zolari Jigar va me'da osti bezlari Qusish va uning ahamiyati Tiriklik, o'sish va rivojlanish organizmga tashqaridan oziq-ovqat holida oqsillar, yog'lar va uglevodlarning doimiy ravishda qabul qilib turilishi bilan xarakterlanadi. Oziq moddalari ikki maqsad uchun, birinchidan barcha faoliyatlar uchun energiya manbai sifatida ishlatilsa, ikkinchidan hujayra va to'qimalarning yangidan paydo bo'lishi yoki yangilanish uchun plastik material bo'lib xizmat qiladi. Oziq ovqatlar bilan yana tanaga vita'minlar, madanli moddalar va suv ham qabul qilib turiladi. Aytish joizki, ovqatdagi oqsillar, yog'lar va uglevodlar yuqori molekulali (polimer) bo'lib, ular qayta ishlanib oddiy molekulalargacha parchalanganidan keyingina (monomer) organizm tomonidan o'zlashtiriladi. Qayd qilingan ovqatni qabul qilish va uni qayta ishlash yoki ovqat hazm bo'lishi jarayoni maxsus hazm a'zolari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda hazm deganda oziq moddalarni tashqaridan qabul qilish va ularni organizm tomonidan o'zlashtiradigan oddiy tarkibiy holatgacha olib keladigan fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Fizikaviy jarayon ovqatli moddalarni maydalash, eritish kabi o'zgarishlarni o'z ichiga olsa, kimyoviy jarayon davomida erimaydigan yuqori molekulali organik moddalarning hazm fermentlari ta'sirida oson o'zlashtiriladigan oddiy molekulali moddalarga aylanishi sodir bo'ladi. Fermentlar maxsus bezlardan ajralib chiqadigan biologik katalizatorlar bo'lib, ular qator o'ziga xos xususiyatlarga ega, masalan, har bir ferment faqat bir xil moddani, yani bir ferment oqsilni (proteazalar), ikkinchi xili yog'ni (lipazalar), uchinchi xili esa faqat uglevodlarni (amilazalar) parchalay oladi. Bunday reaksiya natijasida aminokislotalarga, yog'lar yog' kislotalari va glitseringa, uglevodlar esa monosaxaridlarga (glyukoza, fruktoza) aylanadi. Hazm a'zolari (rasm) og'iz bo'shlig'i (undagi til, tishlar hamda so'lak bezlari bilan) qizilo'ngach, me'da (oshqozon), ingichka ichak ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:01
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.02 KB
Ko'rishlar soni
127 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:01 ]
Arxiv ichida: doc