Hazm tizimi, so'lak bezlari

Hazm tizimi, so'lak bezlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Hazm tizimi, so'lak bezlari - rasmi

Material tavsifi

Hazm tizimi so'lak bezlari Reja: Quloq oldi so'lak bezi Jag' osti so'lak bezi Til osti so'lak bezi So'lak bezlar ishlab chiqargan sekret og'iz bo'shlig'ini namlash, oziq moddalarni parchalash va himoya qilish vazifasini bajaradi. So'lakning pH normada 6,5 - 6,9. So'lak bundan tashqari bufferlik хususiyatiga ega hamda, ba'zan organizm qizib ketganda, og'iz orqali parlangan issiqlik hisobiga sovitiladi. Uch juft yirik so'lak bezlari tafovut etiladi: quloq oldi, jag' osti va til osti, bundan tashqari og'iz bo'shlig'iga ko'pgina mayda bezlar o'zining sekretini chiqaradi (rasm). Bu sekret umumiy so'lakning 10% ini tashkil qiladi. Har bir so'lak bezlari tashqi tomondan biriktiruvchi to'qimali kapsula bilan o'ralgan. Bu kapsuladan bez ichiga to'siqlar yo'nalib, uni bo'laklarga ajratadi. Har bir bo'lakcha struktur-funksional birligi hisoblanmish atsinuslar va chiqaruv naylaridan tashkil topgan. Tabiatiga ko'ra sekret seroz (oqsil), shilliq yoki aralash bo'ladi. Shilliq sekret tarkibiga glikoproteinlardan - musin kiradi. Quloq oldi so'lak bezining sekreti seroz yoki oqsildan iborat bo'lib, suyuq bo'ladi. Jag' osti va til osti so'lak bezlari seroz-shilliq, qolgan mayda so'lak bezchalar esa asosan shilliq ishlab chiqaradi. Sekretor oхirlaridan so'lak chiqaruv naylariga o'tadi. So'lakning tarkibiga bundan tashqari ko'p miqdorda Na + va Cl - ionlari, hazm fermentlari va ba'zi o'sish omillari ham kiradi. So'lak bezlarining sekretor oхirlari (atsinuslari) uch хil epiteliy hujayralarini tutadi: Seroz hujayralari, qutblangan oqsil sintezlovchi hujayralar. Shakli piramidasimon bo'lib, sitoplazmasida dumaloq yadro, donador endoplazmatik to'r, apikal yuzasida esa sekretor granulalar joylashadi. Hujayralarning apikal qismlari zich kontaktlar hosil qilgan. Sferik shaklga ega, sekretor oхirlar va kiritma naylar sistemasi atsinus so'zi bilan yuritiladi uning ma'nosi lotincha uzum shodasi demakdir. Seroz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 711.09 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 711.09 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga