Ich terlama va paratiflar Reja: Kasallikning klinik manzarasi. Ich terlamaning zamonoviy kechishi. Bemorlar va bakteriya tashuvchilarga nisbatan olib boriladigan chora tadbirlar. KIRISh Respublikamizning ayrim joylarida ich terlama vasalligi qariyb har yili qayd qilinmoqda. Ich terlamaning profilaktik choralaridan asosiy bemorlarni tezda aniqlab shifoxonaga yetkazish va kasallik tarqalishiga sababchi omilni tpib chora ko'rishidir. Ich terlama , partif A va B - yuqumli ichak kasalliklaridan bo'lib asosan najas-og'iz orqali yo'quvchi, malum bir davrlilik bilan kechadigan, yuqori harorat, umumiy zaharlanish va ingichka ichak limfa tugunlarining zararlanishi bilan kechadigan hastalikdir. ETIOLOGIYaSI. Kasallik qo'zg'atuvuchilar ichak kasalliklarini keltirib chiqaradigan mikroblar oilasiga va salmonellalar turkumiga mansubdir. Ich terlama va paratif bakteriyalari harakatchan xivchinlari bor, parchalanganda endotoksin ajratadilar. Bakteriyalar 2ta antigenga ega: O-antigen, xujara bilan bog'langan somatik (termostabil) va N-antigen, xivchinlar bilan bog'langan (termolabil). EPIDYeMIOLOGIYaSI. Kasallik manbai bo'lib ich terlama bilan og'rigan bemorlar va bakteriya tashuvchilar hisoblanadi. Piartiyaf B kasalligida esa qushlar va hayvonlar ham kasallik manbai bo'lishi mumkin. Ich terlama va pratif bilan og'rigan bemorlar kasallikning ikkinchi xaftasida atrof muhitdagilar uchun o'ta xavfli hisoblanadilar, chunki bu davrda ular juda ko'p miqdorda kasallik qo'zg'atuvchalarini ajratib chiqadilar. Kasallikning yengil, noaniq yoki yashirin ko'rinishidagi turini o'tkazgan bemorlar infeksiya tarqalishida muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular har doim jamoat rasida bo'ladilar, kasallikka uncha ahamiyat bermasdan davolanmasliklari mumkin. Agarda ular orasida oshxona ishchilari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchilar, suv inshoatlarini tamirlovchilar yoki shu yerda ishlovchi xodimlar bo'lsa atrof muhit uchun yana ham xavfli hisoblanadi. Kasallik manbai bo'lib ich terlama va paratif bilan og'rib o'tgandan so'ng surunkali bakteriyatashuvchi (3 oydan so'ng) bo'lib qolgan shaxslar ham muhim ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.13 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
28.13 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:06 ]
Arxiv ichida: doc