Ichak infeksiyalari

Ichak infeksiyalari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ichak infeksiyalari - rasmi

Material tavsifi

Ichak infeksiyalari R e j a : 1. Dizenteriya (ichburug'). Etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, davolash va profilaktikasi. 2. Virusli gepatit. Etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, davolash va profilaktikasi. 3. Botulizm. Etiologiyasi, epidemiologiyasi,klinik manzarasi, davolash va profilaktikasi. 4. Salmonellyoz. Etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinik manzarasi, davolash va profilaktikasi. Dizenteriya (ichburug') Dizenteriya (ichburug')- o'tkir kechadigan, umumiy intoksikasiya va yo'g'on ichakning pastki (sigma) qismining yallig'lanishi, yaralanishi bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Dizenteriya yunoncha buzilish va ichak degan so'zlardan tashkil topgan. Etiologiyasi. Dizenteriyani shigellalar turiga mansub tayoqchalar - bakteriyalar qo'zg'atadi. Shigellalarning turlari xilma- xil, asosiy turlarga Fleksner, Grigorev- Shiga, Zonne bakteriyalar kiradi. Ularning 50 dan ortiq serologik turlari ma'lum. Shigellalar tashqi muhit sharoitlariga qarab bir necha kundan bir oygacha tirik saqlanadi. Sutli mahsulotlarda tez ko'payadi. Qaynatilganda, o'sha zaxoti halok bo'ladi. Epidemiologiyasi. Dizenteriya kasalligi deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida uchraydi. O'zbekistonda dizenteriya bilan kasallanish ko'rsatkichi yuqori. Infeksiya manbai bemor odam hisoblanadi. Bakteriya tashuvchilar ham infeksiya manbai bo'lishi mumkin. Shigellalar organizmdan axlat orqali tashqariga chiqadi. Uning atrofdagilarga tarqalishida idish-tovoq, ro'zg'or buyumlari, o'yinchoqlar muhim o'rin tutadi. Shigellalar sabzavot mevalarni ham zararlashi mumkin. Kasallikni tarqalishida pashshalar faol ishtirok etadi. Dizenteriyani iflos qo'l kasalligi deb ham yuritiladi. Shaxsiy gigiyena va sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilmaslik kasallikni tez tarqalishiga sababchi bo'ladi. Kasallik og'iz orqali, fekal - oral yo'l orqali, kontakt yo'li, suv orqali sog'lom odamga yuqadi. Ko'pincha yosh bolalar kasallanadi. Dizenteriya ko'pincha yoz-kuz mavsumlarida ko'proq uchraydi. Kasallikdan keyin organizmda immunitet paydo bo'ladi, lekin barqaror emas. Klinikasi. Kasallikning yashirin davri o'rtacha 2-3 kun davom etadi. Kasallik to'satdan boshlanadi. Dastlab et uvishib, darmonsizlik, lohaslik paydo bo'ladi. Isitma ...


Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.55 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga