Ichki muhit fiziologiyasi

Ichki muhit fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ichki muhit fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ichki muhit fiziologiyasi Reja: Qon tizimi va uning asosiy funksiyalari. Qonning hajmi va tarkibi. Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning osmotik bosimi. Qonning onkotik bosimi. qonning faol reaksiyasi. Qonning bufer tizimlari. qon plazmasi. Qon, to'qima suyuqligi, limfa, endolimfa, perilimfa va boshqa biologik suyuqliklar (orqa miya, bo'g'in va plevra suyuqligi) tarkibida sezilarli farqlar bor. Organizmning ichki to'siqlari (gistogematik, gematoentsefalik, gematokoxlear). Ichki muhit suyuqliklari orasida eng asosiysi qon, sababi, boshqa suyuqliklar qondan paydo bo'ladi. Ular o'rtasida doimiy ravishda almashinuv jarayonlari sodir bo'lib turadi. Hayvonlarning hujayralari va organellalari ularning protoplazmasida va suyuqlikda bosim, harorat, oziq moddalar, vodorod, kislorod va boshqa moddalarning miqdorlari nisbatan doimiy saqlangandagina faoliyat ko'rsata oladi. Bu sharoitni bo'lishi qon, to'qima suyuqligi, limfa va boshqa biologik suyuqliklarning doimiyligini ta'minlab turuvchi murakkab gomeostatik mexanizmlarga bog'liq bo'ladi (Klod Berner, Uolter Kennon, L.S. Shtern va b.). Ichki muhitning doimiyligini saqlashda ko'pchilik azo va jarayonlar qatnashadi. Eng asosiylari: teri, buyraklar, o'pka, shilliq parda va taloq. Qon tizimi va uning asosiy funksiyalari. Bu tizimga qondan tashqari, qon yaratilishini ta'minlaydigan tuzilmalar, qon emirilishida qatnashuvchi azoalar va shu jarayonni boshqarib boruvchi mexanizmlar kiradi. Odam va umurtqali hayvonlarda qon hujayralar asosan suyak ko'migida hosil bo'ladi. Eritrotsitlarning emirilishi va gemoglobin sintezi ham ko'miqda sodir etiladi. Qarib qolgan eritrotsitlarning qondan ajratilib olinishi va qayta ishlanishi taloqda sodir bo'ladi. Limfa tugunlarida oq qon tangachalari (leykotsitlar) rivojlanib etiladi. Leykotsitlarni etilishida taloq va timus qatnashadi. Qon tizimi faoliyatini boshqa-rishda maxsus gumoral omillar eritropoetinlar, leynopoetinlar va trombonoetin-larning ahamiyati nihoyatda katta. Bu jarayonda nerv tizimi ham qatnashadi. Qon suyuq to'qima bo'lib, plazma va shaklli elementlardan iborat: qon tomirlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 43.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga