Ichki muhit suyuqliklari

Ichki muhit suyuqliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ichki muhit suyuqliklari - rasmi

Material tavsifi

Ichki muhit suyuqliklari Reja: Qon tizimi Qonning asosiy funksiyalari. Qon tizimi Ichki muhit suyuqliklari orasida eng muhimi qon hisoblanadi va undan boshqa suyuqliklar paydo bo'ladi. Qon va boshqa suyuqliklar o'rtasida doimiy ravishda modda almashinuvi sodir bo'lib turadi. Qon tizimiga, qonning o'zidan tashqari qon yaratilishini ta'minlaydigan tuzilmalar, qonning emirilishida ishtirok qiluvchi a'zolar va bu jarayonlarni boshqaruvchi mexanizmlar kiradi. Umurtqali hayvonlarning qon hujayralari asosan suyak ko'migida hosil bo'ladi va shu yerda eritrotsitlarning emirilishi, ulardagi temirdan qayta foydalanish hamda gemoglobin sintezi ham sodir bo'ladi. Qarib qolgan eritrotsitlarning qondan ajratib olinishi va qayta ishlanishi taloq faoliyatiga bog'liq. Limfa tugunlarida oq qon tanachalari rivojlanib etiladi, bu jarayonda taloq va timus ham ishtirok qiladi. Qon tizimi faoliyatini boshqarishda maxsus gumoral omillar-eritropoetinlar, leykopoetinlar va trombopoetinlarning ahamiyati katta. Mediatorlar - atsetilxolin va adrenalin nafaqat qonning shaklli elementlarini qayta taqsimlashga, balki hujayralarning xolino- va adrenoretseptorlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish bilan ham qon tizimi faoliyatiga ta'sir qiladi. Asab tizimi ham bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok qiladi. Qonning asosiy funksiyalari. Qon, organizmning asosiy transport tizimi hisoblanadi. Qon, plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan suyuq to'qimadir (8.2-rasm). Qon orqali tashiluvchi moddalarning tabiati va ahamiyatiga qarab, qonning quyidagi: nafas oldirish, oziqlantirish, ekskretor, boshqaruv, kreator boshqarishlarni ta'minlash, gomeostatik, haroratni boshqarish va himoya faoliyatlari farqlanadi. Nafas oldirish faoliyati tufayli, qon kislorodni o'pkadan olib to'qimagacha yetkazib beradi va ularda hosil bo'lgan karbonat angidridni o'pkaga olib keladi. Kislorod tashilishini eritrotsitlardagi gemoglobin bajaradi, karbonat angidrid tashishda ham eritrotsitlar katta ahamiyatga ega. Gazlar almashinuvi, o'pka va to'qimalarda partsial bosimning farqi borligiga asoslangan bo'lib, uning oqibatida gazlarning diffuziyasi sodir bo'ladi. Kislorod va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 285.5 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:07 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 285.5 KB
Ko'rishlar soni 124 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga