Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi

Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi Reja: Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi Endokrin bezlar faoliyatini o'rganish usullari Qalqonsimon bez Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishi ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI Organizmdagi barcha bezlar sekretsiya xiliga qarab katta ikki guruhga: tashqi sekretsiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar va ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarga bo'linadi. Tashqi sekretsiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lgan, o'zida hosil bo'ladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm qilish kanali, siydik-tanosil yo'llariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan boshqa bo'shliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi. Ichki sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lmagan bezlar tushuniladi. Shu sababli bu bezlar o'zida hosil bo'ladigan oz miqdordagi biologik faol moddalarni bevosita qonga, limfaga yoki to'qima oraliq suyuqlilariga ajratadi. Shu bilan birga, ba'zi organ yoki hujayralar guruhi ham ichki sekretsiya bezlari qatoriga kiradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari odam va hayvonlarda evolyutsion taraqqiyotning ma'lum bosqichida, jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo'lgan va asta-sekin rivojlanib, takomillashgan, bu bezlar umurtqali hayvonlarda yuksak darajada taraqqiy qilgan. Odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi bezchalari, me'da osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezilari, jinsiy bezlar, platsenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim, gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo'zg'ataman) deyiladi. Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilganidan so'ng, ular bilan organizmning to'rli organ va to'qimalariga tarqaladi hamda ma'lum nishon organ yoki to'qimalardagi hayotiy jarayonlarga belgili ta'sir qilib, ular faoliyatini o'zgartiradi. Gormonlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 204.84 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 204.84 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga