Ichki sekretsiya bezlari va ularning yoshga bog'liq xususiyatlari Reja: Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar Buyrak usti bezlari Ayrisimon bez va epifiz Ichki sekretsiya yoki endokrin bezlar inson organizmidagi muhim tizim hisoblanib, uning hayotiy jarayonlarini boshqarishda nerv tizimi bilan bir qatorda alohida ahamiyat kasb etadi (moddalar va energiya almashinuvi, to'qima va hujayralarning tarkibi va funksiyasi va boshqalar). Ularning ichki sekretsiya bezlari deyilishiga sabab, ishlab chiqaradigan suyuqliklarini maxsus yo'l bilan tegishli bo'shliqqa emas, balki to'g'ridan-to'g'ri qonga ajratishidir. Shu bois ularni yana endokrin (yunoncha endo - ichki, krinein - ajratmoq) bezlar deb ham atashadi. Endokrin bezlarga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, ayrisimon bez, oshqozon osti bezi, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar kiradi (rasm. Xripkova i dr., 1990, str. 130). Shulardan ikkitasi, oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar, tashqi sekretorlik funksiyasini ham bajaradi, yani ular o'n ikki barmoq ichakka hazm shirasi (oshqozon osti bezi) va urug' yoki tuxum hujayralari (jinsiy bezlar) ishlab chiqaradi. Shuning uchun ular aralash bezlar deb ham ataladi. Barcha endokrin bezlar hajmi va massasi jihatidan ancha kichik bo'lsada (bir necha grammgacha), qon va nerv tomirlari bilan ancha yaxshi ta'minlangan, bu hol ular faoliyatining organizm uchun muhimligidan darak beradi. Endokrin bezlar o'zlarining boshqaruv funksiyalarini qonga ajratib chiqaradigan maxsus suyuqliklari, yani gormonlari (yunoncha hormoo - qo'zg'ataman) bilan amalga oshiradi. Ular yuqori biologik faollikka ega bo'lib, juda oz miqdorda ham tana faoliyatiga kuchli ta'sir qilish xususiyatiga ega. Hozirgi paytda gormonlarning ko'pchiligi amaliyotda sintetik yo'l bilan olingan bo'lib, asab tizimi, moddalar va energiya almashinuvi, nafas olish, qon aylanish, hazm, ajratish, jinsiy ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.23 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.23 KB
Ko'rishlar soni
99 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:07 ]
Arxiv ichida: doc