Ijtimoiy gigiyena va sog'liqni saqlashni tashkil qilish fani, o'qitilishi, vazifalari, prinsiplari, usullari, uning qisqacha rivojlanish tarixi Reja: 1.Ijtimoiy gigiyena va SSTK fani, o'tilishi va qisqacha rivojlanish tarixi. 2.O'zbekiston Respublikasida Sog'liqni saqlashni isloh qilish borasidagi asosiy yo'nalishlari. 3. Ijtimoiy gigiyena va SSTK fanining asosiy vazifalari, usullari va prinsiplari. O'zbekiston Respublikasida yangi ta'lim tizimini tadbiq qilish va kadrlar tayyorlashning milliy dasturini amalga oshirish, barcha sohalardagi singari tibbiy xodimlarni, aniqrog'i vrachlarni tayyorlashda ham bir qator yangiliklarni ishlab chiqish va amalga oshirishni, vrachlarni hozirgi zamon talabi darajasidagi bilimga e'ga bo'lishlarini taqoza e'tadi. Bugungi tayyorlanayotgan vrachlar nafaqat zamon talabidagi chuqur tibbiy bilimga, balki har tomonlama iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy yetuklik, shu bilan birga ishlab chiqarish sohasida, chet e'l hamkorlari bilan birgalikda ish yuritish bilim saviyasiga e'ga bo'lmog'i zarur. Mana shu mas'uliyatli ishlarni amalga oshirishda ijtimoiy gigiyena va SSTK fanining tutgan o'rni juda katta. Respublikamiz mustaqillikka e'rishgach birinchi kundanoq xalq xo'jaligining boshqa sohalari bilan bir qatorda Sog'liqni Saqlash tizimini rivojlantirish, uni isloh qilish borasida ko'p ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. aholining salomatlik darajasini yaxshilash maqsadida ko'plab yangi, avvallari bizda alohida tibbiy muassasa ko'rinishda bo'lmagan, tibbiy xizmat ko'rsatish tarmoqlari tashkil qilinmoqda. aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning bir necha yo'nalishdagi turlari amaliyotga tadbiq e'tilishi, xususiy tibbiy muassasalarning tashkil e'tilishi, alohida shoshilinch tibbiy xizmat ko'rsatish markazi, uning filial va bo'limlarining tashkil qilinishi, qishloq va shahar vrachlik punktlarining ishga tushurilishi, onalik va bolalikni muhofaza qilishda amalga oshirilayotgan ko'pgina yangiliklar ijtimoiy gigiyena va SSTK fanini o'qitishda ham yangi o'quv dasturlarini ishlab chiqishni, yangi uslubiy qo'llanmalar, lektsiyalar va o'quv kitobini yaratishni talab qiladi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.9 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:08
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.9 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:08 ]
Arxiv ichida: doc