Ikkinchi signal sistemasi nutq markazlari

Ikkinchi signal sistemasi nutq markazlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ikkinchi signal sistemasi nutq markazlari - rasmi

Material tavsifi

Ikkinchi signal sistemasi nutq markazlari Reja: Nutq - oliy faoliyat. Nutq markazlarining anatomik tuzilishi. Nutq markazlarining faoliyati. Nutq markazlarining patologiyasi. Bolalar nutqining rivojlanishida ko'rish va eshitishning ahamiyati Yangi tug'ilgan chaqaloqning qichqirishi reflektor akt bo'lib, u tashqi harorat ta'siri bilan shartlangandir. Birinchi qichqiriq bolaning nafas olishni boshlaganini ko'rsatadi. Bola dastlabki oyida sovuq ochlik va hokazoga yig'i, qichqiriq bilan javob beradi. Bu yig'i kelajakdagi tovush chiqaruvchi nutq uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Nutqning to'g'ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo'lishi muhimdir. Eshitish organi bola tug'ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining ikkinchi kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funksional jihatdan etarlicha yetukligi hamda markaziy nerv sistemasida eshituv dominanti paydo bo'la olishini ko'rsatadi. Hayotining 2-oyiga kelib bola sifat har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bo'ladi. Bola 3-4 oylik bo'lganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi. Bolalarda nutqni eshitish bo'sag'asi yosh ulg'aygan sari o'zgarib boradi, 6,5 - 9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo'sag'asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bo'ladi. Nutqining rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog'lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va lug'at boyligining boyib borishiga yordam beradi. Tug'ma kar tug'ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gu-gulash ularda normal eshitadigan tengdoshlaridagidek paydo bo'ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so'nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta'sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo'g'in va atrofdagilarning so'zlarini noaniq, buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 198.31 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:08 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 198.31 KB
Ko'rishlar soni 136 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga