Ilik hujayralarining morfologik ta'rifi

Ilik hujayralarining morfologik ta'rifi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ilik hujayralarining morfologik ta'rifi - rasmi

Material tavsifi

Ilik hujayralarining morfologik ta'rifi Reja: O'zak hujayralar haqida tushuncha. Eritropoez yoki qizil tanachalarining taraqqiyoti. Limfonitopoez. Voyaga etgan organizmda qon yaratuvchi asosiy organlar suyak kumigi, taloq, limfa tugunlari va buqoq bezi (ayrisimon bez) hisoblanadi. Barcha qon shaklli elementlari uchun yagona boshlang'ich hujayra qonning o'zak hujayralaridir. O'zak hujayralarning mavjudligini kanadalik olimlar Mak Kullox va Till 1960 yilda isbot kildilar va bu bilan rus olimi A. A. Maksimovning asrimiz boshida barcha qon hujayralari uchun yagona boshlang'ich hujayra mavjud ekanligi to'g'risidagi fikrni tasdikladilar. O'zak hujayralar qonyaratilishining barcha yo'nalishlarida, yani eritropoez, granulotsitopoez, limfotsitopoez, monotsitopoez va trombotsitopoez yo'nalishlarida rivojlana oladigan hujayralar sinfiga kiradi. Ularning asosiy xususiyatlari o'z-o'zini saqlab qolish qobiliyatining borligi, ko'payish imQoniyatiga egaligi va turli yo'nalishlarda rivojlana olishi hisoblanadi. O'zak hujayralar malum bir miqdorda bo'lib, bo'linganda ham ularning soni o'zgarmay doimiy qoladi, yani o'zak hujayra bo'linishi natijasida hosil bo'lgan ikki hujayraning faqat bittasigina takominlashishni davom ettirib, ikkinchisi o'zgarmay, o'zak hujayraligicha qoladi. Bu hujayralar tuzilishi bo'yicha mayda koramtir limfotsitlarga o'xshab ketadi. Hujayralar diametri o'rtacha 8 - 10 mkm bo'lib, yitoplazmasi tor. Hujayra organellalari va polisomalar kam, erkin ribosomalar esa ko'p. O'zak hujayralarni o'rganish ularning koloniyalar (malum bir yo'nalishda takomil etuvchi hujayralar to'plami) ni hosil qilish xususiyati bilan chambarchas bog'liqdir. Bir o'zak hujayra faqat bita koloniya hosil qiladi va uni koloniya hosil qiluvchi birlik deb ataladi. O'zak hujayralar asosan ikki yo'nalishda diferentsiallanishi aniqlangan. Birinchi yo'nalishda yarim o'zak hujayra yoki mielopoezning boshlang'ich hujayrasi (MBX) hosil bo'ladi. Ikkinchi yo'nalishda boshqa yarim o'zak hujayra yoki limfotsitopoezning boshlang'ich hujayrasi (LBX) hosil bo'ladi. U o'z navbatida T - va V - limfotsitopoezlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.59 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:09 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 15.59 KB
Ko'rishlar soni 112 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga