Immun tizimning patologik holatlari. Immunodefitsitlar va autoimmun kasalliklar. Allergiya ma'ruzadan maqsad: Talabalarni organizm birlamchi va ikkilamchi immunodefitsitlari va ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, autoimmun kasalliklar bilan tanishtirish, allergiya, allergik holatlar va ularga olib keluvchi sabablar bilan tanishtirish. ma'ruzada ko'riladigan savollar: 1. Immunodefitsitlar. Kelib chiqish sabablari. 2. Autoimmun kasalliklar to'g'risida tushuncha. 3. Allergiya. Allergik reaksiyalar, sabablari, tiplari va rivojlanish mexanizmlari. 4. Immunodefitsitlar va allergik reaksiyalarning amaliy tibbiyotdagi o'rni. 5. Immunoterapiya va immunoprofilaktika asoslari. Oxirgi o'n yilliklarda klinitsistlar immunitet tizimi faoliyatiga yuqori qiziqish bilan yondosha boshlashdi. Bu qiziqishlarga jumladan, yangi diagnostik usullarning ishlab chiqilishi, uni o'rganish va amaliyotda qo'llash hamda ko'pgina odamlarda kuzatiladigan kasalliklar patogenezida asosiy o'rinni immun tizimi tutishi asos bo'ldi. Immun tizimi organizmda eng muhim tizimlardan biri bo'lib, uning faoliyati buzilishi og'ir hastaliklarga, bazan tuzalishi qiyin bo'lgan patologik jarayonlarga olib kelishi mumkin. Shubxasiz har qanday shifokor mutaxassis tibbiyotda klinik immunologiyani bilishi zarur, chunki uni tadbiq qilish immunologik diagnostikada kasalliklarni oldini olishda, davolashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari yangi patogenetik asosli immunokorrektorlarni topish va ularni davolashda qo'llash muammolarini echib beradi. Immun tizimdagi turli o'zgarishlarni immunopatologiya o'rganadi. Immunopatologiya ko'plab jarayonlarni o'z ichiga oladi. Bazida organizmda patologik o'zgarishlar normal immun reaksiyalar natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Immunopatologik o'zgarishlarga misol qilib allergik, autoimmun kasalliklar va immun komplekslar natijasida kelib chiquvchi turli patologik o'zgarishlarni kiritish mumkin. Immunopatologiyaning ikkinchi aspekti, bu immun tizim ichki (tug'ma yoki hayot davomida orttirilgan) defekti natijasida kelib chiquvchi jarayonlarni o'rganishdir. Bularga tug'ma (birlamchi) va hayot davomida orttirilgan (ikkilamchi) immunodefitsitlar kiradi. Transplantatsion immunitet, onkologik kasalliklar, geriatriya muammolari ham immunologiya sohasiga taaluqli ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
571.17 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
571.17 KB
Ko'rishlar soni
86 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:09 ]
Arxiv ichida: pptx