Immunitetning patogenli ko'rinishi. Allergiya

Immunitetning patogenli ko'rinishi. Allergiya

O'quvchilarga / Tibbiyot
Immunitetning patogenli ko'rinishi. Allergiya - rasmi

Material tavsifi

Immunitetning patogenli ko'rinishi. Allergiya Immunologiya yetishmovchilik yoki immunodefitsit holat deganda tug'ma (irsiy) yoki immun sistemani orttirilgan defitsiti tushuniladi va bu organizmni gumoral va (yoki) hujayra reaksiyalari amalga oshirish qobiliyatining yo'qligi bilan namoyon bo'ladi. Birlamchi va ikkilamchi immun defitsit holatlar farq qilinadi. Birlamchi (tug'ma, irsiy) immunologik yetishmovchilik deb immun sistemaning u yoki bu zvenosini genetik holatiga bog'liq bo'lgan defe kti tushuniladi. Yu.P.Lopuxin va R.V.Petrov (1974 y) larning patotenetik tasnifi bo'yicha immun sistemaning genetik defektlarinint darajalari har xil bo'lishi mumkin. Defektning qon yaratuvchi o'zak hujayrada bo'lishi qon yaratishning va limfopoezning to'la aplaziyasiga olib keladi yoki o'zak hujayrasining T-va V-limfoditlarga aylantirish qobiliyatining yo'qolishi bilan chegaralanadi. Ayrim genetik bloklarni bo'lishi immunitetning T- yoki V-sistemalarini butunlay yoki qisman izdan chiqishiga olib keladi. Genetik blok (qamal)larda immunologik yetishmovchilikning har xil kombinatsiyalari yuz beradi. hozirgacha taklif qilingan klassifikatsiyalarga muvofiq bo'lishi mumkin bo'lgan bunday genetik defidit xollarning umumiy soni 12 ga teng. Shuni qayd qilish kerakki, immunitetni T- va V-sistemalarini aniqlaydigan usullari ko'paygani va takomillashgani sari tug'ma immunologik yetishmovchilikning yangi shakllari topila boradi. Birlamchi immunologik yetishmovchiligiga bog'liq, kasalliklarga nafas organlarining qaytalanuvchi yallig'lanishli jarayonlari,. hazm qiluvchi organlarning yallig'lanishi, bolalarning o'sishi, vazni, rivojlanishning orqada qolishi kabilar kiradi. Bunday bolalar davolanmasa odatda 6-12 oy ichida xalok bo'ladilar. Kasallik diagnozi klinik va immunologik tadqiqot usullaridan olingan natijalarga asoslanadi. Bunday bemorlarni davolash murakkab bo'lib, suyak qo'migi transplantatsiyasi, immunoglobulinlar yuborish, antibakterial gerapiyalarni o'z ichiga oladi. Kasallik prognozi noxushdir. Ikkilamchi yoki orttirilgan immunologik yetishmovchilik deganda, tashqi muhitning ko'p sonli zararlovchi omillarining normal immun sistemaga ta'siridan yuzaga kelgan defekt tushuniladi. Ikkilamchi immun defitsitli holatlar immunogenezning qandaydir ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 841.45 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 841.45 KB
Ko'rishlar soni 109 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga