Ineksion eritmalar. Ineksion dori turlari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Ampula shishasiga qo'yiladigan talablar

Ineksion eritmalar. Ineksion dori turlari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Ampula shishasiga qo'yiladigan talablar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ineksion eritmalar. Ineksion dori turlari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Ampula shishasiga qo'yiladigan talablar - rasmi

Material tavsifi

inyeksion eritmalar. inyeksion dori tur-lari uchun ishlatiladigan erituvchilar. Ampula shisha-siga qo'yiladigan talablar Reja: 1.inyeksion eritmalar tarixi va rivojlanish istiqbollari 2.inyeksion dori turlari uchun ishlatiladigan erituv-chilar. 3.Ampula shishasiga qo'yiladigan talablar. 4.inyeksion eritmalarning texnologiyasi va barqaror-ligini ta'minlash muammolari. MAQSAD. Talabalarni inyeksion eritmalar tarixi,texnologiyasi ular uchun ishlatiladigan yordamchi moddalar bilan tanishtirish. Ampula uchun ishlati-ladigan shishani ahamiyati tushintirish. inyeksiya uchun ishlatiladigan dori turlariga suvli, suvsiz eritmalar, suspenziya, emulsiya hamda tolqon va tabletkalar kiradi. Tabletka va tolqonlarni ishlatishdan oldin inyeksion suvda eritiladi. XI Dfsi bo'yicha inyeksiya uchun ishlatiladigan dorilar toza, apirogen, barqaror, steril ayrim hollarda tegishli MTX ko'rsatilgandek izotonik, izogidrik va izoionik bo'lishi kerak. inyeksion dorilarning hajmi 1 -100 ml bo'lib, 100 ml va undan kattalari infuzion eritmalar deyiladi. Birinchi marta 1885 y Sank-Peterburglik farmatsevt prof. A.V.Pel tomonidan ishlatishga mo'ljallangan sterill dori eritmasi solinadigan shisha idishlar - ampulalarni taklif etdi. Shu davrdan boshlab avval dorixonalarda so'ngra korxonalarda sterill eritmalar tayyorlana boshladi. Hozirgi vaqtda inyeksion dori turlari TDV ichida tabletkalardan so'ng 2 - o'rinni egallaydi. Bu dori turini ishlab chiqaradigan tsexlar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Farmatsevtika korxonalaridan yiliga 300 dan ortiq farmakologik va kimyoviy guruhlarga mavjud dorilar ampulada chiqaril-moqda. Bu sohaning rivojlanishiga Xarkovlik professor F.A.Konev va uning shogirdlarini ishlari taqsinga sazovor. inyeksion dori turlarini afzalliklari: Sterill holda g'amlab qo'yish mumkin; Tez va to'liq so'riladi; Bexush holdagi bemorlarga ham berish mumkin; Aniq dozalarga bo'lingan; Ko'p qon yo'qotgan holatda qon o'rnini bosa oladigan sterill suyuqliklar mavjud; Bemorlarga tez xizmat ko'rsatiladi; Dori ta'sirini uzaytirish mumkin. Kamchiliklari: og'riq bo'lishi, tibbiyot xodimi kerakligi; organizmga infeksiya tushishi; dori moddalarni malum chegarada erishi; ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.31 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.31 KB
Ko'rishlar soni 128 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga