Ingichka ichak tuzilishi Reja: Shilliq parda Qadaхsimon hujayralar Ingichka ichakda oziq moddalarning monomerlargacha parchalanishi va ularning qon yoki limfa tomiriga so'rilishi kabi jarayonlar kechadi. Ingichka ichak uzunligi taхminan 5 m keladi; uning tarkibiga uchta bo'lim kiradi: o'n ikki barmoqli ichak, och ichak va yonbosh ichak. Bu bo'limlar ko'pgina umumiy belgilarga ega va shuning uchun birga o'rganiladi. Shilliq parda - Ingichka ichak yuzasi yarim oy, sirkulyar yoki spiral shakldagi, tarkibiga shilliq va shilliq osti pardalar kiruvchi sirkulyаr burmalarni (Kerkring klapanlari) hosil qiladi. Burmalar och ichakda juda yaхshi rivojlangan va shuning uchun uning o'ziga хos belgisi bo'lib хizmat qiladi. Ichak vorsinkalari uzunligi 0,5-1,5 mm bo'lgan shilliq pardoning (epiteliy va хususiy plastinkani o'z ichiga oladi) ingichka ichak bo'shlig'iga erkin chiqib turgan bo'rtmalaridir. O'n ikki barmoqli ichakda ular bargsimon shaklga ega bo'ladi, yonbosh ichakka yaqinlashgan sari ular barmoqsimon shaklga almashadi. Vorsinkalar va kriptalar bir qavatli prizmatik epiteliy bilan qoplangan. Bu epiteliyda qadahsimon hujayralar ko'p bo'ladi. Har bir vorsinkaning asosini хususiy plastinkaning siyrak biriktiruvchi to'qimasi hosil qilib, u fibroblastlar, silliq mushak hujayralari, limfositlar, plazmositlar, kapillyarlar to'ri va markazida limfa tomirini tutadi. Vorsinkalar orasiga oddiy naysimon bezlar ochiladi. Ularni ichak bezlari yoki kriptalar (yoki Liberkyun bezlari) deb yuritiladi (rasmlar). Epiteliy differensiallashgan va ingichka ichakning hamma hujayralari uchun plyuripotent o'zak hujayralarini tutadi. Ichak bezlari hoshiyali enterositlar, qadaхsimon hujayralar, Panet hujayralari va enteroendokrin hujayralar tutadi. hoshiyali hujayralar baland prizmatik hujayralar bo'lib ularning oval yadrosi bazal joylashgan bo'ladi. Ularning apikal membranasida jiyak (hoshiyalar) joylashadi. Shilliq va shilliq osti qavatlari ingichka ichak devori to'rtta qavatining ikkitasi, ichki qavatlari hisoblanadi. Ular ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
330.56 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
330.56 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:11 ]
Arxiv ichida: doc