Ionlantiruvchi nurlar, biologik ta'sir mexanizmlari haqidagi gipotezalar

Ionlantiruvchi nurlar, biologik ta'sir mexanizmlari haqidagi gipotezalar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ionlantiruvchi nurlar, biologik ta'sir mexanizmlari haqidagi gipotezalar - rasmi

Material tavsifi

Ionlantiruvchi nurlar biologik ta'sir mexanizmlari haqidagi gipotezalar Reja: Ionlantiruvchi nurlar biologik ta'sir mexanizmlari. Kislorod effekti va uning universallik xarakteri. Ionlantiruvchi nurlar biologik ta'sir mexanizmlari haqidagi gipotezalar. Ionlantiruvchi nurlar biologik ta'sir mexanizmlari. Radiatsion nurlanishning odam organizmiga salbiy ta'siri bo'yicha dastlabki ma'lumot sifatida ehtimol, XVI asrda T.Paratsels va G.Agrikol tomonidan foydali qazilma konlari ishchilari o'pkasida g'ayritabiiy kasallik uchrashi qayd qilinishi sanasini ko'rsatib o'tish o'rinli hisoblanishi mumkin. 1897-yilda Udin, Bertelli va Dare tomonidan rentgen nurlanishi ta'sirida 48 ta terining kuyish holatlari qayd qilingan. 1902-yilda esa - Gudman tomonidan odam organizmida rentgen nurlanishi ta'sirida yuzaga kelgan 172 ta kuyish holatlari haqida ma'lumotlar to'plagan. 1902-yilda G.Friben tomonidan V.K.Rentgen kashf qilgan X-nurlanish ta'sirida odam organizmida teri saratoni kasalligi rivojlanishi qayd qilingan. 1914-yilda M.Feygin tomonidan rentgen nurlanishi ta'sirida yuzaga kelgan 114 ta o'sma (saraton) kasalligi haqida ma'lumotlar umumlashtirilgan. Shuningdek, Germaniyada G.Valxov va G.Gizel tomonidan izotopining odam organizmida teriga salbiy ta'sir ko'rsatishi o'rganilgan. Keyinchalik I.R.Tarxanov, V.I.Zarubin, Ye.S.London, M.N.Jukovskiy, S.V.Goldberg, A.I.Pospelov tomonidan amalga oshirilgan eksperimental tadqiqotlarda radiatsion nurlanishning biologik obyektlar, jumladan odam organizmiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi tasdiqlangan. 1896-yilda Rossiyada Ivan Romanovich Tarxanov rentgen nurlanishining hasharotlar va baqa organizmiga ta'sir mexanizmini o'rganish bo'yicha tajribalarni amalga oshirgan. 1925-yilda Antsel va Vintenberger tomonidan biologik organizmlarga radiatsion nurlanishning ta'siri davomida - birlamchi radiatsion zararlanish, zararlanish darajasini kuchaytiruvchi omillar, qayta tiklanishni taminlovchi omillar qayd qilingan. Radiatsion nurlanishning biologik obyektlarga birlamchi ta'sir mexanizmlari B.N.Tarusov tomonidan batafsil holatda o'rganilgan. Jumladan, radiatsion nurlanish biologik organizmlarda zanjir tavsifidagi, yani vaqt davomida asta-sekin, ketma-ketlikda yuzaga keluvchi javob reaksiyalarini shakllantirishi qayd qilingan. 1950-yillarda B.N.Tarusov tomonidan lipidlarning peroksidli oksidlanishi mahsulotlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.79 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:12 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 27.79 KB
Ko'rishlar soni 110 marta
Ko'chirishlar soni 15 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga