Ionlantiruvchi nurlarning organizmga ta'siri. Nur xastaligi Reja: Ionlantiruvchi nurlarning organizmga ta'siri Nur xastaligi. Ionlantiruvchi nurlarning organizmga ta'siri. Ionlashtiruvchi nurlanish - elektromagnit nurlanishning nisbatan batafsil o'rganilgan spektri hisoblanib, aynan radiobiologiya va radiobiofizika fanining tadqiqot sohasini tashkil qiladi. Barcha zaryadlangan zarrachalar modda bilan ta'sirlashishda o'z energiyasini yo'qotishi, bu energiyaning modda atomi tomonidan yutilishi hisobiga ionizatsiya hodisasi yuzaga kelishi qayd qilinadi. Masalan, o'limga olib keluvchi ~600 Ber radiatsion nurlanish ta'sir ko'rsatishi sharoitida, odam organizmida har 1 sm3 biologik to'qimaga nisbatan tahminan 1015 dona ion hosil bo'lishi hisoblab chiqilgan. Ionlashtiruvchi nurlanish turlariga - elektromagnit nurlanish spektrlari (γ-nurlanish va rentgen nurlanishi), korpuskulyar nurlanish kiritiladi. Ionlashtiruvchi nurlanish energiyasi elektron-Volt (eV) o'lchov birligida ifodalanadi. Yani, 1 eV - bu plastinkalari oralig'ida 1 V potentsiallar farqi (kuchlanish) hosil qiluvchi elektr maydonida harakatlanuvchi 1 ta elektronning energiya qiymatini ifodalaydi (1 eV = 1,602×10-19 J; 1 J = 6,24×1018 eV). Radiobiologiyada 1 kiloelektron-Volt (keV) = 100 eV; 1 megaelektron-Volt (MeV) = 100 keV o'lchovlaridan foydalaniladi. Ionlashtiruvchi nurlanish - bu nurlantiriluvchi obyekt atom va molekulalarini bevosita yoki bilvosita qo'zg'algan holatga o'tkazish xossasiga ega bo'lgan zarrachalar yoki kvant oqimi hisoblanadi. Radiatsion nurlanish moddaga singish, moddani ionlashtirish xossasiga ega hisoblanadi. 1960-yilda qabul qilingan xalqaro o'lchov birliklari tizimi (Systeme International) bo'yicha ionlashtiruvchi nurlanishning biologik obyektga ta'sirida quyidagi birliklarni etiborga olish qayd qilingan: Radionuklidning faolligi; Ekspozitsion doza (nurlanish dozasi); Yutilgan doza. Radiatsion nurlanishning odam organizmiga salbiy ta'siri bo'yicha dastlabki ma'lumot sifatida ehtimol, XVI asrda T.Paratsels va G.Agrikol tomonidan foydali qazilma konlari ishchilari o'pkasida g'ayritabiiy kasallik uchrashi qayd qilinishi sanasini ko'rsatib o'tish o'rinli hisoblanishi mumkin. 1897-yilda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
323.64 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
323.64 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:12 ]
Arxiv ichida: docx