Irsiyat va rivojlanish Reja: Hujayra va rivojlanish. Hujayralarning ontogenez davrida ko'payishi. Jinsiy hujayralarning rivojlanishi. Irsiyat va muhit. 1940 yilda olimlar elektron mikroskopdan foydalanib tirik materiyani kuzatdilar va hujayra strukturasining xilma-xilligi va murakkabligini tushuna boshladilar (Elektron mikroskoplar yurug'lik mikroskopiga qaraganda 100 marta katta). Murakkab tuzilishga ega bo'lgan mikroskoplardan foydalanib biokimyoviy metodlar, hujayra suyuqligigi, texnologiya va gen injeneriyasi, hujayra tushunchasi ilgaridek shaklsiz suyuqlik xaltachasi bo'lmay, balki murakkab, tashkillashtirilgan yacheykadan tuzilganligini aniqladilar. Hujayra strukturasi haqida ma'lumot Odam organizmidagi trillion hujayralar aniq struktura va funksiyasini o'zgarishiga ko'ra taxminan 200 turga bo'linadi. Struktura va funksiyalarning xususiy bo'lishiga qaramay, turli hujayralarning aksariyati o'xshashdir. Plazmatik membrana Plazmatik membrana barcha hujayralarni tashqi tomondan o'rab olgan bo'lib kimyoviy tarkibiga lipidlar molekulalari, oqsillar va murakkab organik molekulalar glikoproteinlar, glikolipidlar va juda kam miqdorda boshqa birikmalar kiradi Lipid qatlamning asosiy funksiyasi membrananing mexanik turg'unligini va suvda eruvchanligini ta'minlashdir. Plazmatik membrana hujayra ichki muhitini uning tashqi muhitidan ajratib turuvchi to'siqdir. Plazmatik membrana ichki muhit bilan tashqi muhit o'rtasida moddalarning almashinuvini ta'minlaydi. Yadro, uning tuzilishi, tarkibi va funksiyasi Yadro hujayraning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Yadro quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash va ko'paytirish, hujayradagi moddalar almashinuvini idora qilish. Yadro qobig'i ikkita membranadan tashkil topgan. Membranalar orasidagi bo'shliqni yadro atrofi bo'shlig'i deyiladi. Yadroning tashqi membranasida ribosomalar joylashishi va endoplazmatik to'r kanalchalari bilan qo'shilishi mumkin. Yadro qobig'i bilan tsitoplazma o'rtasida moddalar almashinuvi tinmay davom etib turadi. Bunday moddalar almashinuvi asosan ikki xil usulda amalga oshadi: qobig'ida ko'p teshiklar mavjud bo'lib, o'sha teshikchalar orqali tsitoplazma bilan yadro o'rtasida moddalar almashinadi. Mayda molekulalar diffuziya yo'li ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.04 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:12 ]
Arxiv ichida: doc