Issiqlik almashinish asoslari Reja 1. onvektiv issiqlik almashinish. 2. Issiqlik o'tishi. 3. Issiqlik jarayonlarining harakatlantiruvchi kuchi. 4. Issiqlik o'tkazish jarayonlarini intensivlash onvektiv issiqlik almashinish. Issiqlikning qattiq jism yuzasidan suyuqlik (yoki gaz) muhitiga bir yo'la konveksiya va issiqlik o'tkazuvchanlik usullari yordamida tarqalishi, yoki aksincha, issiqlikning suyuqlik muhitidan qattiq jism yuzasiga o'tishi konvektiv issiqlik almashinish deb yuritiladi ( -rasm). Issiqlikning bunday yo'l bilan tarqalishi bazan issiqlikning berilishi deb ataladi. Suyuqlik muhiti ikki qatlamdan iborat bo'ladi; chegara qatlam va oqimning markazi. Qattiq jism yuzasidan chegara qatlam orqali energiya issiqlik o'tkazuvchanlik yo'li bilan o'tadi. Chegara qatlamdan muhitning markaziga issiqlik asosan konveksiya orqali tarqaladi. Issiqlikning qattiq jism yuzasidan suyuqlik muhitiga berilish jarayoniga oqimning harakat rejimi katta ta'sir ko'rsatadi. Konveksiya ikki turga bo'linadi (tabiiy va majburiy). Suyuqlikning issiq va sovuq qismlaridagi zichliklar farqi ta'sirida tabiiy konveksiya yuzaga keladi. Majburiy konveksiya tashqi kuchlar (nasos, ventilyator, aralashtirgich) ta'sirida hosil bo'ladi. Suyuqlik turbulent rejim bilan harakat qilganida issiqlik almashinish jarayoni ancha tez boradi, laminar rejimda esa sekin ketadi. Natijada issiqlik almashinishning tezligiga konveksiya katta ta'sir ko'rsatadigan bo'lib qoladi. Nyuton qonuni. Konvektiv issiqlik almashinishning asosiy qonuni bo'lib Nyutonning sovitish qonuni hisoblanadi. Bu qonunga ko'ra, issiqlik almashinish yuzadan atrof-muhitda (yoki, aksincha biror muhitdan qattiq jism yuzasiga) berilgan issiqlik miqdori dQ devorning yuzasiga (dF), yuza va muhit temperaturalarining farqiga (t-tf) hamda jarayonning davomliligiga (d) to'g'ri proportsionaldir, yani: bu yerda - issiqlik berish koeffitsiyenti. Issiqlik berish koeffitsiyenti quyidagi o'lchov birligiga ega: Uzluksiz issiqlik almashinish jarayoni uchun ( ) tenglama quyidagi ko'rinishda bo'ladi: Issiqlik berish koeffitsiyenti devorning 1 m2 yuzasidan suyuqlikka (yoki muhitdan 1 ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.81 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
48.81 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:14 ]
Arxiv ichida: doc