Issiqlik almashinish jarayonlari

Issiqlik almashinish jarayonlari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Issiqlik almashinish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Issiqlik almashinish jarayonlari Reja 1. Issiqlik almashinish jarayonlari 2. Issiqlik o'tkazuvchanlik. 3. Issiqlik o'tkazuvchanlikning differensial tenglamasi. 3. Issiqlikning nurlanishi. ISSIQLI ALMAShINISh JARAYoNLARI Har xil temperaturaga ega bo'lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o'tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. Issiq va sovuq jismlarning temperaturalari o'rtasidagi farq issiqlik almashinishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Temperaturalar farqi bo'lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko'ra issiqlik energiyasi temperaturasi yuqori bo'lgan jismdan temperaturasi past bo'lgan jismga o'z-o'zidan o'tadi. Jismlar o'rtasidagi issiqlik almashinishi erkin elektron, atom va molekulalarning o'zaro energiya almashinishi hisobiga sodir bo'ladi. Issiqlik almashinishida qatnashadigan jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o'tkazish - issiqlik energiyasining tarqalish qonuniyatlarini o'rganuvchi fandir. Issiqlik o'tkazish jarayonlari (isitish, sovitish, bug'larni kondensatsiyalash, bug'latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan. Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor: issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va issiqlikning nurlanishi. Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning tartibsiz harakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o'tish jarayoni issiqlik o'tkazuvchanlik (yoki konduksiya) deyiladi. Gaz va tomchili suyuqliklarda molekulalarning harakati natijasida yoki qattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi ta'sirida yoxud metallardan erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik o'tkazuvchanlik jarayoni sodir bo'ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning yupqa qatlamlarida issiqlik asosan issiqlik o'tkazuvchanlik orqali tarqaladi. Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik hajmlarning harakati va ularni aralashtirish natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil (erkin va majburiy) bo'ladi. Gaz yoki suyuqlik ayrim qismlaridagi zichliklarning farqi natijasida hosil bo'ladigan issiqlikning almashinishi tabiiy yoki erkin konveksiya deyiladi. Tashqi kuchlar ta'sirida (masalan, suyuqliklarni nasoslar yordamida uzatish yoki ularni mexanik aralashtirgichlar bilan aralashtirish paytida) majburiy konveksiya paydo bo'ladi. Issiqlik energiyasining elektromagnit to'lqinlar yordamida tarqalishi issiqlikning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.6 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:14 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.6 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga