Issiqlik jarayonlari Reja 1. Issiqlik protsesslarining turlari. 2. Suv bug'i va issiq suv bilan isitish. 3. Yuqori temperaturali moddalar bilan isitish. Issiqlik protsesslarining turlari Kimyo sanoatida suyuqlik va gazlarni isitish va sovitish, bug'larni kondensatsiyalash kabi issiqlik protsesslari keng tarqalgan. Bunday protsesslar issiqlik almashinish apparatlarida amalga oshiriladi. Issiqlik almashinish protsesslarida qatnashuvchi moddalar issiqlik tashuvchi agentlar deb yuritiladi. Yuqori temperaturaga ega bo'lib, o'zidan issiqlikni isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar isituvchi agentlar deb yuritiladi. Sovitilayotgan muhitga nisbatan past temperaturaga ega bo'lgan va o'ziga muhitdan issiqlikni oluvchi moddalar sovituvchi agentlar deb ataladi. Kimyoviy texnologiyada ko'pincha bevosita issiqlik manbai sifatida yoqilHilarning yonishidan hosil bo'lgan gazlar va elektr energiyasi ishlatiladi. Bunday bevosita issiqlik manbalaridan issiqlik olib, o'zining issiqligini apparatlarning devorlari orqali isitilayotgan muhitga beruvchi moddalar oraliq issiqlik tashuvchi agentlar deb ataladi. Oraliq issiqlik tashuvchi agentlar qatoriga suv bug'i, issiq suv va yuqori temperaturali issiqlik tashuvchi moddalar (qizdirilgan suv, mineral moylar, organik suyuqliklar va ularning bug'lari, suyultirilgan tuzlar, suyuq metallar va ularning qotishmalari) kiradi. Oddiy temperaturagacha (1030 0S) sovitish uchun suv va havo kabi sovituvchi agentlar keng ishlatiladi. Issiqlik tashuvchi agentlarni tanlashda ularning quyidagi xossalariga ahamiyat berish kerak: 1) kerakli muhitni isitish yoki sovitish darajasi va uni boshqarish; 2) minimal massaviy va hajmiy sarflarda yuqori issiqlik almashinish tezligiga erishish; 3) qovushqoqligi kam, zichlik, issiqlik siHimi va bug' hosil bo'lish issiqligi yuqori; 4) yonmaydigan, zaharsiz, issiqlikka chidamli bo'lgani maqul; 5) issiqlik almashinish apparati tayyorlangan materialni buzmasligi kerak; 6) kamyob bo'lmasligi va arzon bo'lishi zarur. Ko'pchilik sharoitlarda isituvchi agentlar sifatida ishlab chiqarishdan chiqayotgan mahsulotlar, yarim mahsulotlar va chiqindilarning issiqliklaridan foydalanish ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.38 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:14
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
42.38 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:14 ]
Arxiv ichida: doc