Ixtiyoriy harakat, neyron periferik, uning yo'nalishi

Ixtiyoriy harakat, neyron periferik, uning yo'nalishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ixtiyoriy harakat, neyron periferik, uning yo'nalishi - rasmi

Material tavsifi

Ixtiyoriy harakat II neyron periferik uning yo'nalishi Reja: 1.Asab - mushak apparatining funksiyasi 2.Harakat sifatlarining rivojlanishi 3.Bosh miya po'stlog'ida harakat markazlarining rivojlanishi. 4.Harakat faolligining rivojlanishi. Harakat sistemasi. Harakat odam faoliyatinig asosiy belgilaridan biridir. Bosh miya po'stlog'ida hosil bo'lgan impulslarning ixtiyoriy harakat yo'li orqali muskullarga etkazilishi natijasida ixtiyoriy harakat vujudga keladi. Ixtiyoriy harakatni bajarishda, bosh miyaning po'stloq qavatidan tashqari, ekstrapiramida (nucleus caudatus,nucleus lenticularis, nucleus ruber, substantia nigra), miyacha va vestibulyar sistemalar ham ishtirok etadi. Normal va muvofiqlashgan ixtiyoriy harakat yuqorida ko'rsatilgan sistemalarning to'g'ri ishlashi natijasidir. Markazdan qochuvchi yo'llar - Harakatni muvofiqlashtiruvchi impulslar ana shu sistema yo'llari orqali orqa miyaning oldingi shohidagi hujayralarga, yani ohirgi umumiy maydonga o'tkaziladi. Oldingi shoh hujayralari esa qabul qilingan impulslarni o'z aksonlari orqali muskullarga yetkazib beradi, natijada ixtiyoriy harakat sodir bo'ladi. Ixtiyoriy harakat o'tkazgich yo'l (tractus cortico-muscularis) orqali bajariladi. Kortiko-muskulyar yo'l ikki nevron (markaziy va periferik nevron) zanjiridan tashkil topgandir. Birinchi nevron miya po'stlog'ining harakat sohasidan boshlanib, kranial harakat nervlarning yadrolarida va orqa miyaning oldingi shoh hujayralarida tugallanadi. Miya po'stlog'idan boshlanib, kranial harakat nervlarining yadrolarida tugallanuvchi nevronlarni kortikonuklear yo'l (tractus corticonuclearis), orqa miyaning oldingi shohlaridagi hujaylarda tugallanuvchi nevronlarni esa kortikospinal yo'l (tractus corticospinalis) yoki piramida yo'li deb yuritiladi. Kranial nerv yadrolarida va orqa miyaning oldingi shoxlarida ikkinchi nevron hujayralari joylashgan bo'lib, ularning aksonlari periferik harakat nervlarini hosil qiladi va tegishli muskullarda tugallanadi. Endi biz kortikomuskulyar yo'lning markaziy va periferik nerv sistemasidagi yo'nalishini ko'rib chiqamiz. Piramida yo'l - birinchi nevron miya po'stlog'ining oldingi markaziy pushtasi va paratsental bo'lakchasining beshinchi qavatida joylashgan gigant piramidasimon (Bets) hujayralaridan boshlanadi. Oldingi markaziy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 389.9 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 389.9 KB
Ko'rishlar soni 129 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga