Jarohatlarni davolash

Jarohatlarni davolash

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jarohatlarni davolash - rasmi

Material tavsifi

Tayanch iboralar: jarohatni tozalash. Qoldirilgan va kechiktirilgan xirurgik ishlov berish. Kesib kengaytirish. Qisman kesib tozalash. Gipertonik eritma. Aktiv drenaj. Bakteriostatik va antiseptik moddalar, fermentoterapiya. Ishkorlash terapiyasi. Oksidlash terapiyasi. Biologik antiseptika. Antibiotiklar. Fitonsidlar. Bakteriofagoterapiya. Jarohatni davolashda yaxshi natijalarga erishish uchun davolash ishlarini iloji boricha ertarok boshlash zarur va shunda albatta jarohat biologiyasiga ahamiyat berish kerak. 1. Mexanik antiseptika quyidagilardan iborat: Jarohat tualeti - jarohat atrofi tozalanadi, bunda jarohat ichiga har xil iflosliklar tushmasligi uchun u 5% yod eritmasi bilan ishlanadi va ichiga shu eritma bilan namlangan salfetka qo'yiladi. Keyin jarohat atrofidagi junlar olib tashlanadi. Teriga 0,5% novshandil spirti, 2% xloramin eritmasi, 0,2% xlorgeksidin bilan jarohatdan chetga karatilib ishlov beriladi. Teri steril tampon bilan quritilib ikkinchi marotaba 5% yod eritmasi surtiladi. Jarohat atrofiga xirurgik ishlov berilgandan so'ng uning chetlari operatsion ilgaklar yordamida ochiladi, ichi o'lgan to'qima, ekssudat, yod jismlardan tozalanadi. Jarohat bo'shlig'i 3% vodorod perikisi, 2% xloratsid, xloramin, 1:500 furatsillin yoki geksidin eritmasi bilan yuviladi. Yangi jarohatga xirurgik ishlov berish. Bu usul birinchi marotaba Charukovskiy so'ng Fridrix tomonidan tavsiya qilingan. Ularning fikricha birinchi 6 soat ichida mikroorganizmlar faqat jarohat devorlarida bo'lib, to'qima ichiga utmaydi. B.V.Ognev tajriba qo'yib, jarohat boshlanishidan 0,5 soatdan so'ng mikroblarni regional limfa tugunlarida topgan. Ammo birinchi 6 - 12 soat ichida jarohatdan o'lgan to'qimalar kesib olib tashlansa, jarohat birlamchi tortilish asosida bitishi mumkinligini aniqlagan. Xirurgik ishlov berish kuyidagilarga bo'linadi: 1. Birlamchi xirurgik ishlov, u esa yana 3ga bo'linadi a) erta xirurgik ishlov (6 - 12 soatda); b) qoldirilgan (24 - 36 soatda); v) kechiktirilgan - yiringli yallig'lanish boshlanganda. Aytib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.87 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:15 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.87 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga