Tayanch iboralar: jarrohlik infeksiya. Mahalliy, birturli, ikkilamchi infeksiyalar, aerob va anaerob infeksiya. Chirish infeksiyasi. Maxsus infeksiya. Кontaminatsiya. Mikroflora. Infekt. Abssess. Flegmona. G'ilofli flegmona. 1. Jarrohlik infeksiya to'g'risida tushuncha. Mikroblar, viruslarning organizimga tushishi natijasida rivojlanadigan mahalliy va umumiy kasallik bo'lib, uni jarrohlik (oddiy va murakkab operatsiyalar) yo'li, antibiotiklar, sulfanilamidlar bilan davolashda yaxshi natijaga erishadigan infeksion jarayonlarga jarrohlik infeksiya deb aytiladi (M.V. Plaxotin.). Umuman olganda, jarrohlik infeksiya o'zining kelib chikishi va rivojlanish qonuniyatlari bilan boshka infeksiyalardan prinsipial fark qilmaydi, ammo uning bazi - bir o'ziga xos xususiyatlari mavjud: 1. U ko'pincha mahalliy boshlanib, asosan yiringli, bezarar harakterga ega va kamdan - kam xatarli bo'lishi mumkin. 2. U asosan turli shikastlanishlar natijasida paydo bo'ladi. 3. Operativ usullarni ko'llash bilan osonrok yo'kotiladi. Odatda jarrohlik infeksiya qo'zg'atuvchi (mikrob, virus, zamburug') o'rnashib olgan joyda rivojlanadi va ko'pchilik holatlarda o'tkir yoki surunkali chegarallangan yallig'lanish jarayon - mahalliy jarrohlik infeksiya ko'rinishida kechadi. Qo'zg'atuvchining yuqori patogenligi va virulentligida va hayvon organizmi himoya - moslashuv reaksiyasining (yallig'lanish) yetishmovchiligida mikrob, virus, zamburug'lar generalizatsiyasi (avj olishi) boshlanadi, natijada umumiy jarrohlik infeksiya - sepsis hosil bo'ladi. Undan tashqari, bir turga mansub mikrob, virus yoki zamburug' o'rnashsa - bir turli infeksiya va har - xil turlarga mansub mikroorganizmlar o'rnashsa aralash infeksiyalar tafovut qilinadi. Agarda birlamchi bo'lib rivojlangan infeksiya qo'shimcha o'rnashib olgan boshqa turdagi mikroorganizmlar bilan murakkablashsa, ikkilamchi infeksiya hosil bo'ladi. Undan tashqari, jarayon avvalgi mikroorganizmlar bilan yana bir bor ifloslansa qaytalagan infeksiya rivojlanadi. Kechishi bo'yicha o'tkir va surunkali infeksiyalar tafovut qilinadi. 2. Jarrohlik infeksiyaning rivojlanishida makro - va mikroorganizmlar roli. Zamonaviy tushunchalar bo'yicha infeksion ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:15
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.4 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:15 ]
Arxiv ichida: doc