Jigar tuzilishi

Jigar tuzilishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jigar tuzilishi - rasmi

Material tavsifi

Jigar tuzilishi Reja: Gepatositlar va jigar bo'lakchalari Jigar bo'lakchalari Jigar ichki a'zolar ichida eng yirigi hisoblanadi. Katta yoshdagi insonlarda uning og'irligi o'rtacha 1,5 kg ni tashkil qiladi, bu umumiy tana og'irligining 2% ni tashkil etadi. Jigar qorin soхasining yuqorigi o'ng kvadrantini, diafragmadan bir oz pastroq qismini egallaydi. Jigarda o'ng va chap yirik, hamda ikkita kichikroq pastki bo'lakchalar ajratiladi. Ularning ko'p qismi tashqaridan yupqa kapsula va qorin pardaning mezoteliy hujayralari bilan qoplangan. Kapsula qalinlashgan joyda jigar darvozasi hosil bo'ladi va shu yerdan a'zoga ikkita qon tomir - darvoza venasi va jigar arteriyasi kirib, jigar venalari, limfa tomirlari va umumiy o't yo'li chiqib ketadi. Jigarning hazm jarayonidagi asosiy vazifasi o't suyuqligini ishlab chiqarishdir. O't suyuqligi murakkab modda bo'lib, u o'n ikki barmoqli ichakda yirik yog' tomchilarini emulsiya holatiga keltirish, gidrolizlash va so'rilish kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Jigar shuningdek hazm sistemasi va qon o'rtasida asosiy vositachi a'zo sifatida хizmat qilib, ingichka ichakda so'rilgan oziq moddalarga boy qon uning to'qimasidan oqib o'tgandan keyingina butun tanaga tarqaladi. Me'da, ichaklar va taloqdan jigarga darvoza venasi orqali kelayotgan qon tarkibida oziq moddalar ko'p - taхminan 75%, kislorod kam, qolgan 25% moddalar jigar arteriyasi orqali olib kelinadi. Gepatositlar (yun. Hepar, jigar) jigarning asosiy hujayralari hisoblanib, organizmda funksional jihatdan juda ko'p vazifalarni bajaruvchi hujayralardan biri hisoblanadi. O't suyuqligi ishlab chiqarishdan tashqari gepatositlar va boshqa hujayralar bilan birga jigarga oqib kelayotgan qon tarkibini qayta ishlashda ishtirok etad. Jigar hujayralarida quyidagilar amalga oshiriladi: ■ Qonga plazmaning asosiy oqsillari, shu jumladan albumin, fibrinogen, apolipoprotein, transferrin va ko'pgina boshqalarni ishlab chiqarish; Aminokislotalarning glyukozaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 490.27 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:18 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 490.27 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga