Jigar, biliar tizim va oshqozon osti bezi jarrohlik anatomiyasi

Jigar, biliar tizim va oshqozon osti bezi jarrohlik anatomiyasi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jigar, biliar tizim va oshqozon osti bezi jarrohlik anatomiyasi - rasmi

Material tavsifi

JIGAR, BILIAR TIZIM va OShQOZON OSTI BYeZI JARROHLIK ANATOMIYaSI JIGAR, O'T Yo'LLARIDA va OShQOZON OSTI BYeZI PATOLOGIYaLARIDA QO'LLANILADIGAN OPYeRATSIYALAR. Jigar - organizmdagi asosiy laboratoriya, gemodinamikaning muhim boshqaruvchisi hisoblanadi va antitoksik filtr vazifasini o'taydi. Jigarning gemodinamika va modda almashinuvida rolini shundan bilish mumkinki, u o'zi orqali 1 daqiqada 1500 ml qonni, yani aortaga chiquvchi daqiqalik qon hajmining 13 ini o'tkazadi. Chaqaloqlarda jigar qorin bo'shlig'ining ½ ini, yani tana vaznining 116 ini tashkil qiladi (kattalarda 140). Jigarning katta qismi o'ng diafragma osti bo'shlig'ida, kichikroq qismi chapga o'tib, oshqozon va diafragma gumbazi orasida joylashadi. Jigar sintopiyasi va uning qorinpardaga aloqasi. Jigar mezoperitoneal joylashib, uning orqa diafragma yuzasi qorinparda bilan qoplanmagan. Skeletotopiyasi Dolixomorf jussada jigar qovurg'a ravog'idan 4-5 sm yuqoriroqda retrokostal holatda joylashadi. Braximorfda - qovurg'a ravog'idan 2-3 sm pastroqda paypaslanadi. Toj boylam qorinpardaning jigardan diafragmaga frontal tekislik bo'ylab o'tishi natijasida hosil bo'ladi, sagittal tekislik bo'ylab o'rta chiziq bo'yicha o'roqsimon boylam joylashib, diafragma osti bo'shlig'ini ikkita xaltaga - o'ngda - bursa hepatica va chapda - bursa praegastrica - ga ajratadi. Jigar darvozasi Jigar-o'n ikki barmoq boylami bilan qoplangan ko'ndalang va chap bo'ylama egatlar jigar darvozasi hisoblanadi. Ushbu boylam ichida darvoza venasi, jigar arteriyasi va o't yo'llari joylashgan. Jigarning bo'lak, sektor va segmentlarga bo'linishi Anatomik jihatdan diafragma yuzasida o'roqsimon boylam, vistseral yuzasida chap bo'ylama yoriq orqali jigarni 2 ta : o'ng va chap bo'laklarga ajratish mumkin. O'ng bo'lakda kvadrat va dumli bo'laklar ham farqlanadi Azo ichki strukturasiga ko'ra jigarni ikkita deyarli teng bo'lakka ajratish mumkin, bu chegara o't pufagi o'rnini pastki kavak venaning chap cheti ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 28.22 MB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 28.22 MB
Ko'rishlar soni 120 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga