Jinsiy hujayralar va embrionning rivojlanishi Reja: Embriologiya fani, vazifasi. Jinsiy hujayralar. Urug'lanish. Maydalanish. Gastrulyasiya va organogenez. Embriologiya yunon. embryon - homila, logos - fan, ta'limot demakdir. Ammo bu nom fanning to'la mazmunini ta'riflamaydi. Embriologiya fani tuxum hujayralarining otalanishidan tortib, tuxum qo'yuvchilarda homilaning tuxum qobig'idan chiqquncha, tirik tug'uvchilarda esa homilaning tug'ilgunicha bo'lgan hamma jarayonlarni o'rganadi. Shu bilan bir qatorda embriologiya fani pushtdan oldingi, ya'ni jinsiy hujayralarning rivojlanishini hamda homila to'g'ilgandan so'ng dastlabki davrni ham ta'riflaydi. Embriologiya fani organizmning normal individual taraqqiyoti va patologik holatlarda embrion rivojlanishining buzilishi sabablarini va ularni oldini olish yo'llarini ham o'rganadi. Embriologiya hamma hujayrali organizmlar rivojlanishinig umumiy qonuniyatlaridan tortib, alohida tip, sinf va tur vakillari uchun xarakterli bo'lgan xususiy rivojlanish jarayonlarini ham o'rganadi. Shuning uchun ham embriologiya fani individual rivojlinishning keng masalalarini o'rganuvchi - umumiy va ayrim guruh hayvonlar taraqqiyotini tekshiruvchi - xususiy embriologiyaga bo'linadi. Turli xil hayvonlar taraqqiyoti jarayonini o'rganuvchi ta'limot - qiyosiy embriologiya deyiladi. A.O.Kovalevskiy, I.I.Mechnikov, E.Gekkel va boshqalarning izlanishlari natijasida qiyosiy embriologiya evolyusion mazmunga ega bo'ldi. Evolyusion nazariyani asoslashda muhim rol o'ynagan evolyutsion embriologiya, dastlab qiyosiy embriologiyadan kelib chiqdi. Rus olimlari A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikov CH.Darvinning evolyusion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga bir talay yangiliklar kiritdilar. Ular hayvonot dunyosining birligini yana bir bor tasdiqlab evolyusion gistologiya va embriologiyaga asos soldilar. Hayvon organizmi individual taraqqiyotining hamma jarayonlarini 3 davrga bo'lish mumkin. Taraqqiyotning homiladan oldingi davri - bu jinsiy hujayralarning rivojlanishi va yetilishini o'z ichiga oladi. Urug'lanish jarayonidan boshlab tug'ulguncha davom etadigan homilaning rivojlanish davri. Taraqqiyotning homiladan keyingi davri - tug'ilgandan to jinsiy balog'atga yetguncha bo'lgan o'zgarishlar davri. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15 KB
Ko'rishlar soni
75 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:19 ]
Arxiv ichida: doc