Jinsiy sikl Fiziologiyasi Reja: Jinsiy sikl tushunchasi. Jinsiy siklning bosqichlari, (fenomen) mo'jizalari, davomiyligi, gipotolamogipofizovarial sistemasi. Polisiklik va monosiklik hayvonlar. Jinsiy sikl paydo bo'lishida tashqi va ichki omillar. Jinsiy sikl. Urg'ochi hayvonlarning organizmida bir qo'yikish bilan ikkinchi qo'yikish o'rtasida kechadigan fiziologik jarayonlarga jinsiy sikl deb aytiladi. Jinsiy sikl murakkab neyrogmuoral reflektor jarayon bo'lib, unda organizmning barcha tizimlari ishtirok etadi. Jinsiy siklning uchta bosqichi: qo'zg'alish, tormozlanish va tinchlanish bosqichlari farqlanadi: Qo'zg'alish - bosqichida 4 ta mujiza (fenomen) namoyon bo'ladi: a) suyuqlik oqishi (techka) - jinsiy yo'llardan boshlanishida suyuq, tiniq shilimshiq suyuqlik oqadi, keyinchalik, suyuqlik quyuqlashib, jinsiy tirqishdan osilib turadi. Bu vaqtda bachadon bo'yinchasi yarim ochiq holatda bo'ladi. Bu fenomen sigir va biyalarda yaxshi namoyon bo'ladi. Qo'y va echkilarda suyuqlik qinda to'planib turadi. Sigirlarda bu fenomen 20-36 soat davom etib, bu vaqtda urug'lantirish yaxshi samara bermasligi mumkin. b) umumiy jinsiy reaksiya - hayvonning xarakteri o'zgaradi, bezovtalanadi, bir-biriga sakraydi, mangraydi. Bu fenomen oqish mujizasi boshlangandan 5-6 soatdan keyin namoyon bo'ladi. v) kuyikish (jinsiy moyillik, oxota)- o'rg'ochi hayvon erkak hayvondan qochmaydi, ustiga sakrashiga qarshilik qilmaydi, «harakatsizlik refleksi» jinsiy moyillik kuzatiladi. Bu vaqtda urug'lantirish yaxshi samara beradi. Bu fenomenni aniqlashda sinovchi (probnik) hayvonlardan foydalaniladi. Qo'ychilikda hidlab topar qo'chqorlardan yaxshi foydalaniladi, qoramolchilikda sinovchi bo'qalarni tayyorlashda birmuncha qiyinchiliklar mavjud, shuning uchun sigirlar bir kunda 2 marta, ertalab va kechqurun urug'lantiriladi. Sigirlarda kuyikish 8-20 soat davom etishi mumkin. Cho'chqalar ham bu paytda bezovtalanib, bir-biriga sakraydi. Jinsiy moyillik juda kuchayganda «harakatsizlik refleksi» kuzatiladi, bu paytda hayvonning orqasiga qo'l tashlansa, u harakatlanishdan tuxtab qoladi. Biyalarning ham bu paytda xulq-atvori o'zgarib, bezovtalanadi, ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.89 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:19
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.89 KB
Ko'rishlar soni
111 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:19 ]
Arxiv ichida: doc