Jinsiy yetilish davrida hamshiralik parvarishi

Jinsiy yetilish davrida hamshiralik parvarishi

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jinsiy yetilish davrida hamshiralik parvarishi - rasmi

Material tavsifi

Jinsiy yetilish davrida hamshiralik parvarishi Jinsiy yetilish davri tushunchasi. Jinsiy yetilish davri taxminan 10 yil davom etib, bu davrda jismoniy va jinsiy rivojlanish baravar kechadi 18-20 yoshda qiz bola jismoniy va ruhiy tomondan to'liq yetiladi, farzand ko'rishga, ya'ni ona bo'lishga tayyor bo'ladi. Jinsiy yetilish 7-8 yoshdan boshlanib, uchta davrni o'z ichiga oladi. 1. prepubertat davr (7-9 yosh) miyaning gipotalamik tizimlari yetilishi har 5-7 kunda siklik tartibda gipofizdan gonadotropik gormonlar (GT) ajralishi bilan xarakterlanadi. 2. pubertat davrning birinchi fazasi 10-13 yoshga to'g'ri keladi. Bu davrda tuxumdonlarda esterogen gormonlar ishlab chiqarilishining kuchayishi kuzatiladi. 3. pubertat davrning ikkinchi fazasi (14-17 yosh) gipotalama - gipofizar tizimi reproduktiv funksiyasi to'liq shakllanib ulguradi. Jinsiy yetilish mukammalmi yo nuqsoni bormi, buni bilish uchun ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lish vaqti, tartibi, jinsiy a'zolar va belgilar rivojlanish darajasini hisobga olish lozim. Qiz bolalarda 8-9 yoshda sut bezlari rivojlanishining birlamchi belgilari-sut bezlari so'rg'ichlari giperemiya va pigmentatsiyasi paydo bo'ladi. Sut bezlari 10-11 yoshda etiladi. 10-11 yoshlarda qov sohasida, 11-12 yoshlarda qo'ltiq ostida junlar o'sib chiqadi. Tananing o'sishi va vaznining oshuvi 9-10 yoshda boshlanib, birinchi hayz ko'rishdan (menarxe) oldin yuqori pog'onasiga yetadi. Bir yilda bo'y 10 sm ga, vazn 12 kg gacha ortadi. 11-12 yoshdan boshlab ichki jinsiy a'zolar, sut bezlari o'sishi va rivojlanishi chanoq suyaklari kengayishi kuzatiladi. Birinchi hayz - menarhe 12-13 yoshda keladi. 15-17 yoshga kelib qiz bolaning bo'yi o'sishdan to'xtaydi, tanasi ayollarga xos shakllanadi. Jinsiy yetilish - ayol umrining o'zgaruvchan davri bo'lib, bu vaqtda qiz bola tashqi muhitning salbiy ta'sirlari va ichki omillarga o'ta sezgir bo'ladi. Jinsiy yetilish davrida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.33 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga