Jinsiy yetuklik davrida sog'lom oilani shakllantirish va kontratsepsiya Reja: Sog'lom oilani shakllantirish Zamonaviy kontratsepsiya usullari Kombinatsiyali oral kontratseptivlar (kok). Homiladorlikni oqilona rejalashtirish - sog'lom bola tug'ilishi va onaning sog'ligini muhofaza qilishning garovidir SOG'LOM OILANI SHAKLLANTIRISH Oiladagi mo'tadil psixologik muhit sog'lom oilaning shakllanishi uchun zarur bo'lgan dastlabki shartlardan biridir. Oilada yer-xotin o'rtasidagi o'zaro hurmat, bir-birini to'g'ri tushunish, o'zaro ishonch, sevgi va sado qatga asoslangan samimiy munosabatlar oilaning mus tahkamlanishi uchun muhim omil hisoblangan mo'tadil psixologik muhit yaratib, sog'lom oilaning shakllanishiga olib keladi. Oilaning uy-joy bilan ta'minlanganligi, iqtisodiy ahvoli oilaviy muhitga o'z ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Shundan kelib chiqqan holda yer-xotinning birgalikda oila daromadini ko'paytirish to'g'risida qayg'urishi, ayniqsa, oilaning tayanchi bo'lgan erkakning bu jarayonda ustuvor harakatda bo'lishi talab qilinadi. Mo'tadil psixologik muhitga hamda sog'lom oilaning shakllanishiga erkak va xotin o'rtasida oilani yuritish bilan bog'liq vazifalarning to'g'ri taqsimlanganligi, bolalar tarbiyasi uchun birgalikda mas'uliyat sezish hissining shakllanganligi kabi holatlar o'zining ijobiy ta'sirini o'tkazib, sog'lom oilaning belgilari hisoblanadi. Oilaning jismoniy salomatligi oila a'zolari tomonidan sog'lom yashash tarzi qoidalariga amal qilib yashash qay darajada qabul qilinganligi, tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste'mol qilish, giyohvandlik kabi xavfli va zararli illatlarning mavjudligiga bog'liq bo'lib, bunday zararli odatlarning bo'lishi nosog'lom oila belgilari hisoblanib, nafaqat oila a'zolari salomatligiga, balki oiladagi ma'naviy-ruhiy holatga, farzandlar tarbiyasiga, shuningdek oilaning iqtisodiy ahvoliga o'z ta'sirini o'tkazadi. Oila a'zolarining o'qimishli, kasb-hunar egallashi uchun sa'yharakatda bo'lish, farzandlar kelajagi uchun qayg'urish, olgan kasbiga mos ish bilan ta'minlanishi oilaning kelajagi va sog'lom oila an'analarining davom ettirilishi uchun muhim asos bo'lib hisoblanadi. Ayollarning reproduktiv salomatligi nuqtai nazardan olib qaralganda, oilaning salomatligi va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:09:31
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.58 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:09 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
22.58 KB
Ko'rishlar soni
91 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:19 ]
Arxiv ichida: docx