Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar va jinsiy yetilish davrida istalmagan homiladorlikning oldini olish

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar va jinsiy yetilish davrida istalmagan homiladorlikning oldini olish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar va jinsiy yetilish davrida istalmagan homiladorlikning oldini olish - rasmi

Material tavsifi

Jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklar va jinsiy yetilish davrida istalmagan homiladorlikning oldini olish Reja: Jyoyuk ning epidemiologiyasi Jyoyukni aniqlash (diagnostikasi)ning muhim jihatlari Ilgari tanosil kasalliklari deb nomlanuvchi atama yaqindan boshlab jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar (JYOYuK) deb ataladigan bo'ldi. JYOYuK guruhiga asosan jinsiy aloqa vositasida o'tadigan yuqumli kasalliklar kiradi. Hozirgi paytda yuqumli kasalliklar orasida JYOYuK juda keng tarqalgan bo'lib, ko'pgina mamlakatlarda ijtimoiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Ilgarilar tanosil kasalliklariga asosan 5 ta yuqumli kasalliklar ya'ni, so'zak, zaxm, shankroid, tanosil limfogranulyomasi va qov granulyomasi kiritilgan bo'lsa, ularning soni hozirgi kunda Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti tasnifiga ko'ra 20 dan oshib ketdi. Ular qatoriga OITS, trixomoniaz, xlamedioz va boshqa ko'plab kasalliklar ham qo'shildi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkilotning (JSST) tasnifiga muvofiq JYOYuKga bakterial vaginoz, kandidoz, trixomoniaz, gepatit B, genital gerpes, zaxm, so'zak, chov granulyomasi, ichak infektsiyalari, tanosil limfogranulyomasi, qov biti, kontagioz mollyusk, gonokoksiz uretrit, o'tkir uretral sindrom yoki sistit, orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS), intraepitelial servikal neoplaziya, urogenital xlamidioz, sitomegalovirus infektsiyalari, qo'tir, shankroid, kichik chanoq a'zolarining yallig'lanish kasalliklari kiradi. Kasallik keltirib chiqaruvchi etiologik omillarga asosan viruslar, bakteriyalar, sodda mikroorganizmlar, parazitlar kiradi. JYOYuK ning dastlabki ko'zga tashlanadigan belgilaridan erkaklarda uretrit, ayollarda servisit, vaginit, jinsiy a'zolardagi yaralar, o'tkir uchli kondilomalar, immun xususiyatning pasayishi va boshqalar. Ikkilamchi belgilariga epididimit, chanoq a'zolari yallig'lanish kasalliklari (ChAYaK), o'tkir uretritlar kiradi. Ko'pchilik hollarda JYOYuK ni bir xil mikroorganizm chaqirishi mumkin, ba'zan esa bir necha qo'zg'atuvchilar chaqirgan holatlar ham uchraydi. Jahonning turli mamlakatlarida JYOYuK ni keltirib chiqaruvchi etiologik omillar ularning turli mintaqada turlicha virulentligiga (kasallik chaqirish qobiliyatiga) qarab har xil bo'lishi mumkin. Masalan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.47 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:19 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.47 KB
Ko'rishlar soni 89 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga