Kamqonlik. Gemorragik diatez

Kamqonlik. Gemorragik diatez

O'quvchilarga / Tibbiyot
Kamqonlik. Gemorragik diatez - rasmi

Material tavsifi

Kamqonlik. Gemorragik diatezlar. REJA: 1.Kamqonlik. 2.Gemorragik diatezlar Kamqonlik. Qon tarkibidagi eritrotsitlar soni va ular tarkibidagi gemoglobin moddasining kamayishi bilan kechadigan surunkali kasallik. Sababi. O'tkir (birdaniga) va surunkali qon yo'qotish, surunkali davom etadigan kasalliklar (sil,piyelonefrit,me'da-ichak kasalliklari, ichak, jigar, o'pkadagi gijjalar va hokazo), uzoq vaqt davomida ovqatlanishning sifatsizligi, ya'ni ovqat tarkibida sifatli oqsil va temir moddasining yetishmasligi. Yuzaga keltirgan sabablariga ko'ra kamqonlikning quyidagi turlari bo'ladi: 1.Ovqat tarkibida oqsil va temir moddasi yetishmasligi tufayli yuzaga keladigan kamqonlik; 2.Qon yo'qotish tufayli yuzaga keladigan kamqonlik; 3.Gemolitik kamqonlik- eritrotsitlarning parchalanishi tufayli yuzaga keladi. 4.Gipoplastik kamqonlik- suyakning ko'mik qismida eritrotsitlarning ishlab chiqarilishi kamayishi tufayli yuzaga keladi. Belgilari. Kamqonlikning har bir turini o'ziga xos belgilari bo'ladi. Shu bilan birgalikda kamqonlikning umumiy belgilari quyidagilardan iborat: bemor terisi rangini oqarishi, lablari, og'iz va qovoqlari ichki shilliq pardasining oqarishi. Tirnoqlar osti oqarib, ular yupqalashib, sinuvchan bo'lib qolishi, soch to'qilishi. Umumiy quvvatsizlik, tez charchash, bosh aylanishi, ko'z oldi xiralashuvi, xotiraning pasayishi, ish qobiliyatining pasayishi kabilar.Yosh bolalarda o'sish va rivojlanishning susayishi. Barmoqdan qon olib analiz qilinganda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdori kamaygani aniqlanadi. Normada 1mm kub qonda eritrotsitlar soni 4-5 mln dona bo'ladi. Gemoglobin miqdori 110-140 birlik yoki 12,0-16,0 gr % bo'ladi. Tibbiy yordam. 1.Bemor poliklinikaning gematolog shifokori nazoratida uyida davolanadi. Kasallik og'ir kechganida shifoxonaning gematologiya bo'limida davolanadi. 2. Davolash tadbirlari: taomlarda go'sht, baliq, tuxum, sut va sut mahsulotlari yetarli bo'lishi; - olma, xurmo,nok,behi,o'rik,yong'oq, qora mayizi, sabzi, oshqovoq kabilarni ko'proq iste'mol qilish; - dorilardan: gemostimulin, ferrotseron, ferropleks (bittasi) navbat bilan 1 tab. 2 marta 10-20 kun. Shuningdek, ferrumlek-2 ml, B12 -100-200 g muskul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.7 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:20 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 10.7 KB
Ko'rishlar soni 86 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga