Kardiostimulyatorlar

Kardiostimulyatorlar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Kardiostimulyatorlar - rasmi

Material tavsifi

Kardiostimulyator Kardiostimulyator Zamonaviy tibbiyotda yurakning ritmik faoliyati bilan bog'liq kasalliklarni davolash uchun xilma-xil usullar qo'llaniladi. Agar, bemor yuragi me'yoridan tezroq, yoki, sustroq urayotgan bo'lsa, yoinki, yurak urishi tezligi muntazam o'zgaruvchan bo'lsa, unda kardiolog vrachlar bemorga yurak urishini me'yorlovchi maxsus tibbiy asbob - kardiostimulyator tavsiya qilishadi. Kardiostimulyatorlar muvaqqat va doimiy bo'lishi mumkin. Muvaqqat kardiostimulyatorlarni odatda bemorning tanasiga tashqaridan o'rnatiladi. Masalan, uni bemorning yelkasidan oshirib bo'yniga osib qo'yadigan, yoki, beldagi tasmaga mahkamlab oladigan turlari bo'ladi. Bunday muvaqqat kardiostimulyatorlarni yurak ritmi buzilishiga oid qisqa muddatli davolash kurslarida, masalan, yurak xuruji natijasida yuzaga kelgan yurak ritmining sustlashishida, turli xil jarrohlik amaliyotlaridan keyingi yurak urishining sekinlashuvida, yoxud, dorilarni me'yoridan ko'p ichish natijasida yurak faoliyatining buzilishida qo'llanadi. Kardiostimulyatorlar ikkita asosiy qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi - generator va ikkinchisi - elektrodlar. Generator - kattaligi chog'roq tugmadek keladigan, lekin ichida bir olam mikrosxemalar va akkumulyatori bo'ladigan, mohiyatan mikro-kompyuter bo'ladi. Generatorni germetik zich holda, titan materialidan tayyorlangan korpusga joylanadi. Elektrodlar esa, ushbu generatorda ishlab chiqarilgan ritmik elektr impulslarini yurakka yetkazib berib turadi. Doimiy kardiostimulyatorni bemor tanasining ichiga jarrohlik yo'li bilan implantant qilinadi. Doimiy kardiostimulyatorning generatorining o'mrov ostiga, teri orasiga o'rnatiladi. Elektrodlarining esa venalar orqali yurakka ulab qo'yiladi. Implantant qilingan kardiostimulyatorlarni shuningdek simsiz aloqa vositasi bilan ham ta'minlanadi va u orqali bemorning o'zi, uning davolovchi vrachi va bemorga qarovchi boshqa shaxslar, yurak faoliyati bilan tanishib, hamda, kardiostimulyatorning sozligini nazorat qilib turishlari mumkin bo'ladi. Zamonaviy kardiostimulyatorlar maxsus dasturiy ta'minotga ega bo'lib, ular bemor yurak faoliyatidagi eng nozik o'zgarishlarni ham darhol payqaydi va avtomatik ravishda ushbu o'zgarishlarga nisbatan muvofiqlashadi. Ya'ni, masalan yurak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.17 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:21 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.17 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga