Kasallik - bu ruhiy muammo

Kasallik - bu ruhiy muammo

O'quvchilarga / Tibbiyot
Kasallik - bu ruhiy muammo - rasmi

Material tavsifi

Kasallik - bu ruhiy muammo Kunda necha bor yuz beradigan kutilmagan holatlar ko'p. Masalan, yugurgilab o'ynab yurgan go'dak birdan yiqilib, achchiq-achchiq yigiaydi. Tizzasi qirilib, terining og'riq reseptorlariga ta'sir ko'rsatadi va tegishli impuls sezgir nervlar bo'ylab orqa miyaga, undan gipotalamusga, bosh miya po'stlog'iga boradi. Boladagi og'riqni qanday qilib qoldirsa bo'ladi? Odatda, og'riqni qoldirish uchun og'riqsizlantiriladi, ya'ni anesteziya qilinadi. Markazdagi og'riqni kamaytirish uchun og'riq qoldiruvchi dori ichirish yoki shu joyga dori purkash mumkin. Ammo qizig'i shundaki, bolaning onasi farzandini dast ko'tarib, bag'riga bosadi, quchib erkalaydi, qirilgan yeriga puflaydi, yengil o'pib qo'yadi. Bolaning yig'isi shu zahoti tinadi va biror daqiqa o'tmay, u hech nima ko'rmaganday, yana o'ynoqlab ketishi mumkin. Xo'sh, bu hodisani qanday tushunish joiz? Gap shundaki, onaning erkalashi va uning har narsaga qodir himoyachisi, degan tushuncha bola yiqilgandagi qo'rquvdan xalos qiladi. Odam biror dardga chalinsa yoki biror noxushlik (og'riq, harsillash, behuzurlik, qichima, isitma yoki et uvishishi va hokazo) his qilsa, unga havotir, qo'rquv, umidsizlik, g'am-hasrat va yana boshqa salbiy tuyg'ular azob beradi. U o'ziga nima bo'lganini tushunmaydi, tibbiy xodimlar unga yordam berisha oladimi yoki yo'qmi, bilmaydi. Kelajakda uning holi nima kechadi, shu narsa uni tashvishlantiradi. Tibbiyotdan xabari bo'lmagani uchun bemor o'z dardi haqida noto'g'ri tasavvurga ega bo'lganligi bois behuda tahlikaga tushadi. Masalan, boshning, terining yuza tomirlari bilan bog'liq sanchiqni falaj alomati, deb o'ylaydi, pulsining pasayishi, tushib qolishi (ekstrasistoliyada) ro'y berganda yurak butunlay to'xtab qoladi, deb qo'rqadi; ko'pchilik bemorlar uchun «infarqt» degan tashxis juda dahshatli: yuragi «tars yorilib» ketadi yoki endi hech qachon ishlamaydi, deb hadiksiraydi. Kasalning rak bo'lgandagi tahlikalarini gapirmay qo'ya qolaylik. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.46 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 33.46 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga