Kasbga oid kasalliklar

Kasbga oid kasalliklar

O'quvchilarga / Tibbiyot
Kasbga oid kasalliklar - rasmi

Material tavsifi

Kasbga oid kasalliklar Reja: Pnevmokoniozlar Tebranish kasalligi Pnevmokoniozlar Kasb-kor kasalliklariga ishlab chiqarishda, mehnat faoliyati davridagi noqulay omillar natijasida organizmning normal yashash faoliyatini izdan chiqaruvchi kasalliklar guruhi kiradi. Mehnat inson faoliyatining bir turi bo'lib, kishi salomatligini mustahkamlashda ko'maklashuvchi, jamiyatda yashash uchun qulay sharoit yaratishda ta'sir etuvchi omil hamdir. Shu bilan birga, ayrim mehnat turlari, ya'ni ish joyidagi noqulay sharoitlar kasb-kor kasalliklari kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bularga misol tariqasida ish joyining texnik jihatdan yaxshi jihozlanmaganligi, sanitar-gigiyenik normativlarga amal qilinmaslik, texnik xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalarni keltirish mumkin. Ishlab chiqarish mahsulotlari va mehnat faoliyatining asoslari ham ishlayotgan organizmga kasallik kelib chiqishida noqulay omil (kasb-kor omili) sifatida ta'sir etishi mumkin. Ishlab chiqarishning rivojlanishi va qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish mahsulotlarini kengaytirish borasida amaliyotda yangi toksik moddalrni qo'llash, fizik omillarning ta'siri, odam organizmiga ta'sir etuvchi omillar (elektromagnit maydon, radioaktiv va lazer nurlanishlar, tebranish, shovqin, chang, namlik, kimyoviy moddalar va b.) turining ko'payishi va ular ta'sirining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Etiologiyasi. Ishlab chiqarish changlarining ta'sirini o'z ichiga olgan kasalliklar (pnevmokoniozlar, changli bronxit va boshqalar). Ishlab chiqarish muhitining jismoniy ta'sirlarini o'z ichiga olgan kasalliklar (tebranish kasalligi, kuchli shovqin ta'sirida shikastlanish, tashqi muhitning yuqori va past harorati). Ishlab chiqarish muhitining kimyoviy ta'sirini o'z ichiga olgan kasalliklar (o'tkir va surunkali zaharlanishlar). Ishlab chiqarishning biologik ta'sirini o'z ichiga olgan kasalliklar. Ayrim a'zo va sistemalarning zo'riqishidan kelib chiqadigan kasb kasalliklari. Ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xarakteri, sharoiti, mehnatkashlarning funksional qobiliyatiga va sog'lig'iga katta ta'sir ko'rsatadi. Mehnat turi xavfi va zararli sharoitiga ko'ra 3 bosqichga bo'linadi: A. Mehnat turi va sharoitiga ko'ra aniqlangan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.01 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:21 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 18.01 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga