Katta yoshdagi bolalar kasalliklari. Nafas organlari kasalliklari

Katta yoshdagi bolalar kasalliklari. Nafas organlari kasalliklari

O'quvchilarga / Tibbiyot
Katta yoshdagi bolalar kasalliklari. Nafas organlari kasalliklari - rasmi

Material tavsifi

Katta yoshdagi bolalar kasalliklari. Nafas organlari kasalliklari Reja: 1. Surunkali pnevmoniya 2. Surunkali bronxit 3. Plevrit 4. Bronxial astma 1. Surunkali pnevmoniya Surunkali pnevmoniya - surunkali nospetsifik yallig'lanish bo'lib, uning asosida o'pkaning bir yoki bir necha segmentlarida bronxlar deformatsiyasi va pnevmosklerozi shaklidagi qayta tiklanmaydigan morfologik o'zgarishlar yotadi va o'pka to'qimasida hamda bronxlarda yallig'lanishning qaytalanishi bilan ifodalanadi. tashxisot mezonlari 1. Anamnezi: Bir lokalizatsiyali takror pnevmoniya, boshdan kechirilgan og'ir stafilokokkli pnevmoniya, uzoq davom etgan segmentar pnevmoniya, ayniqsa ilk bolalik yoshida, bronx - o'pka tizimi rivojlanishining tug'ma nuqsonlari, bronxdagi yot jism, muddatidan erta tug'ilgan bolalarda atelektazlar, immun tanqislik holatlari, O'SV dan keyingi bronx-o'pka displaziyasi, mukotsiliar yetishmovchilik, ko'kyo'tal va qizamiqning og'ir shaklini boshdan kechirish. Shikoyati: ko'pincha ertalab kuchli yo'tal, kechasi yo'talganda balg'am ajralish paydo bo'ladi, balg'amning bir kunlik miqdori 20-50 ml dan 100-150 ml gacha etadi, bronxoektazlarda balg'am shilimshiq yoki yiringli bo'lishi mumkin. Klinik mezonlar Surunkali intoksikatsiya simptomokompleksi, gipoksiya - tez charchash, ishlash qobiliyatining pasayishi, diqqatni jamlashning buzilishi. Xotiraning zaiflashuvi, rang oqarishi, ko'zi ostida qora dog'lar, distrofiya alomatlari, barmoqlarda nog'ora tayoqchalari, soat oynasi mavjudligi, ko'krak qafasining asimmetrik deformatsiyasi bo'lishi mumkin. Bronx-o'pka sindromi: perkussiyada tovushning lokal va aralash holda qisqarishi. Auskultatsiyada nafasning dag'allashuvi, ho'l va quruq har xil ohangli va turli kalibrdagi doimiy xirillashlar mavjudligi. Paraklinik ma'lumotlar: qonning umumiy tahlili (QUT) - kasallik zo'rayganda neytrofil leykotsitoz, EChT - ortishi. o'pka rentgenogrammasida - bronx-tomir rasmining kuchayishi, deformatsiyasi, kistali tuzilmalar bo'lishi mumkin, fibrozli o'zgargan segmentlar kichrayishi; 3) bronxoskopiya: yiringli endobronxit manzarasi; bronxografiya: bronxial daraxt deformatsiyasi, bronxlar distal qismlarining kengayishi, silindrik va xaltacha shaklidagi bronxoektazlar mavjudligi; tashqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.94 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:21 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.94 KB
Ko'rishlar soni 92 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga