Klinik epidemiologiya fani predmeti va vazifalari, sog'liqni saqlashdagi ahamiyati Klinik epidemiologiyaning ta'rifi. Klinik epidemiologiya - epidemiologiya fanining klinikalarda epidemiologik tadqiqotlarni amalga oshirish bilan shug'ullanuvchi alohida tarmog'idir. Bu jarayonda tadqiqot obyekti bemorlardir Klinik epidemiologiya - aniq prognozni ta'minlash maqsadida kasallikning klinik kechishini monand holatlarda qatiy ilmiy usullarni qo'llab bemorlar guruhida o'rganish asosida har bir alohida bemorga nisbatan prognozlashni amalga oshirish imkonini beruvchi fandir. Maqsadi va predmeti Klinik epidemiologiya - aholi o'rtasida tarqalganlikni, xavf omillarini, shuningdek salomatlik holatlari chastotasini o'rganuvchi sohadir. Uning maqsadi - tizimli va tasodifiy xatoliklardan xoli, to'g'ri xulosaga kelish imkonini beruvchi klinik kuzatuv usullarini ishlab chiqish va qo'llashdan iboratdir. Klinik epidemiologiyaning vazifalari yangi kasallanish holatlarini va ularning tarqalganligini, shuningdek aholi o'rtasida o'lim darajasini kamaytirishga yo'naltirilgan preventiv muolajalar uchun ilmiy asoslangan zamin ishlab chiqish maqsadida kasalliklarning etiologiyasini yoki ularni rivojlantiruvchi xavfli omillarni aniqlash; muolajalarning muhofazalash (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi muhofazalash) ta'sirini baholash maqsadida kasalliklarning tabiiy kechishini va prognozini, hamda kasalliklar kechishi mazkur muolajalar tadbiq etilgach tabiiy kechishdan qay darajada tafovut qilishini o'rganish; tibbiy yordam ko'rsatishning yangi modellarini, yangi preventiv va davo tadbirlarini baholash; muolajalarni, tibbiy xizmatni va mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirish maqsadida kasallik ko'lamini, yani jamiyat uchun etkazayotgan zararini baholash. Salomatlik ko'rsatkichlarining tendensiyasini kuzatib borishni (monitoringini) amalga oshirish; sog'liqni saqlash sohasidagi siyosatni rejalashtirish, turmush tarzi va tashqi muhit bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish borasidagi qarorlarni qabul qilish uchun asos yaratish. Olimlarning fikrlari Akademik B.L. Cherkasskiyning Dalillarga asoslangan tibbiyot va Klinik epidemiologiya tushunchalariga nisbatan qarashlari ozgina o'zgacha. U kishi Dalillarga asoslangan tibbiyotni epidemiologik tadqiqot usullarini qo'llab shifokorlik qarorlarini ilmiy asoslashdir. 1938 yildayoq ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
62.27 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:24
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
62.27 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:24 ]
Arxiv ichida: ppt