Ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i a'zolarining shikastlanishi REJA: Ko'krak qafasining yopiq shikastlanishi Ko'krak qafasining ochiq shikastlanishi Pnevmotoraks Gemotoraks Ko'krak qafasi shikastlarida tibbiy yordam 6. Qorin devorining shikastlanishi. 7. Qorin bo'shlig'ida joylashgan a'zolarning shikastlanishi. 8. Chanoq suyaklarini shikastlanishi. 9. Chanoq bo'shlig'ida joylashgan a'zolarning shikastlanishi. Ko'krak qafasining yopiq shikastlanishi. Yopiq pnevmotoraks. Sababi. Qattiq jismga urilish, balandlikdan yiqilish, avtotransport hodisalari, sport mashg'ulotlari davrida sodir bo'ladi. Belgilari. Shu joyning terisi, yumshoq to'qimasi lat yeydi, qovurg'alar sinishi kuzatiladi. Bitta, ikkita yoki bir nechta qovurg'a sinishi mumkin. Shu joyda og'riq bo'ladi. Qovurg'a singan joy bemor nafas olganda ichiga tortiladi, nafas chiqarganda tashqariga bo'rtib ko'tariladi. Singan qovurg'a uchlari plevra pardasi va o'pka to'qimasini shikastlashi mumkin.Bunda plevra bo'shlig'iga shikastlangan o'pkadan havo kirishi oqibatida yopiq pnevmotoraks vujudga keladi. Plevra bo'shlig'iga kirgan havo o'pkani siqib quyishi tufayli, nafas olish qiyinlashadi. Bemorning nafasi qisadi, lablari, barmoqlari ko'karadi. Yurak urishi kuchsizlanadi. Ko'krak qafasining ochiq shikastlanishi. Ochiq pnevmotoraks. Sababi. O'q tegishi, o'tkir jism suqilishi, yiqilish, avtotransport hodisalari. Belgilari. Ko'krak qafasining jarohatlangan joyining terisi butunligi buziladi. Shu joydan qon oqadi, og'riydi. Qovurg'alar sinishi mumkin. Singan qovurg'a plevra pardasini jarohatlashi mumkin. Bunda ochiq pnevmotoraks vujudga keladi. Ya'ni plevra bo'shlig'iga havo o'pkadan emas, balki tashqaridan kiradi. Havo o'pkani siqib, nafas olishni qiyinlashtiradi. Yurak-tomir ishi kuchsizlanadi. Gemotoraks -plevra bo'shlig'iga jarohatlangan o'pka to'qimasidan qon quyilishidir. Plevra bo'shlig'iga to'plangan qon o'pkani siqib, nafas olishi qiyinlashtiradi. Bemorning nafasi qisadi. Yurak-tomir ishi ham kuchsizlanadi. Perikardning jarohatlanishi. Sababi. Ko'krak qafasining shikastlanishida singan qovurg'a yurakning perikard pardasini jarohatlanishi tufayli yuzaga keladi. Belgilari. Perikard bo'shlig'iga qon to'planishi tufayli yurakning bo'lmacha va qorinchalarining qisqarishi va ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.96 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
10.96 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:25 ]
Arxiv ichida: doc