Ko'krak qafasi va uning organlarining yopiq shikastlanishi Reja: Ko'krak qafasi va uning organlarining yopiq shikastlanishi Jarrohlik infeksiyasi Umumiy yiringli infeksiya Ko'krak qafasi organlari shikastlanish belgilari davosi haqida. Ko'krak qafasida o'pka, yurak, yirik qon tomir (aorta), bronxlar va plevra bo'shlig'i mavjud bo'lib, ko'krak qafasining chayqalishi kam uchraydi. Klinikasi. Travmatik shokka yaqin bo'lganligi uchun tashxis qo'yish qiyin bo'ladi. Ko'krak qafasi organlarining chayqalishida (shikastlangandan so'ng) bemorning yurak faoliyati susayadi. Hansirash, ko'karish, sovuq ter bosish, bazan hushdan ketish kuzatiladi. Birlamchi yurak to'xtash yuz bersa, o'rinda yotish, osoyishtalik tavsiya etiladi, shokka qarshi chora-tadbirlar, oksigenoterapiya (kislorod berish) qo'llaniladi. Ko'krak qafasining urilishi yoki qisilishi, qovurg'alar sinishi, o'sha joydagi qon tomirlarining hamda plevra va o'pka butunligining buzilishi bilan kechadi. Yurak kamroq shikastlanadi. Bu pnevmotoraksga gemotoraksga va emfizemaga olib kelishi mumkin. Pnevmotoraks deb o'pka yirtilganda havoning plevra bo'shlig'iga to'planishiga aytiladi. Plevra bo'shlig'ida to'plangan havo o'pkaning va ko'ks oralig'ini (mediasteniyani) sog' tomonga siljitadi. Pnevmotoraksning ochiq, yopiq va klapanli turlari mavjud (23-rasm). Klinikasi. Klapanli pnevmatoraks yurak faoliyati buzilishiga, nafas bug'ilishiga olib keladi. Tomir urishi tezlashadi, hansirash, ko'karish (tsianoz) va shok alomatlari paydo bo'ladi. Qovurg'a oralig'i tekislanib, ko'krak qafasi kattalashadi. Davosi. Yopiq pnevmatoraksda ko'krak qafasi punksiya qilinadi va havosi tortib olinadi. Drenaj qo'yilish mumkin. Og'ir hollarda torakotomiya (ko'krak qafasi ochilib jarohat tiklanadi) operatsiya o'tkaziladi. Gemotoraks o'pka to'qimasi jarohatlanganda qovurg'alararo arteriya shikastlanadi. Ichkariga qon ketib, plevra bo'shlig'i qon bilan to'ladi. Davosi: punksiya, drenaj, qon sutkada 1 litr ketsa, torakotomiya qilinadi. Jarrohlik infeksiyasi Jarrohlik infeksiyasi turlari, belgilari, davosi haqida. Jarrohlik infeksiyasi (jarohat infeksiyasi) kasallik qo'zg'atuvchi aerob (kislorodli yashaydigan), anaerob (kislorodsiz yashay oladigan) infeksiyaning spetsifik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.88 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.88 KB
Ko'rishlar soni
104 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:25 ]
Arxiv ichida: docx