Ko'krak qafasining shikastlanishi, qorin va chanoqning o'tkir kasalliklari Reja: Ko'krak qafasining ochiq va yopiq shikastlanishi Shikastlanishning sabablari va belgilari O'tkir peritonit Ochiq va yopiq shikastlanishlar va ularda birinchi yordam ko'rsatishning umumiy tamoyillari. Baxtsiz hodisalar ro'y berganda, kishi shikastlanganda yoki to'satdan kasal bo'lib qolganda uning hayotini saklab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun ko'rsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; tibbiy xodim yetib kelguncha yoki ularni kasalxonaga olib borguncha amalga oshiriladi. Birinchi yordam o'z-o'ziga yoki boshqalar tomonidan (o'zaro) ko'rsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini o'zi bog'lay olsa, zaharlanish alomati bo'lganida, mas, ko'p suyuqlik ichib me'dani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, o'z-o'ziga Birinchi yordam ko'rsatishi mumkin. . O'zaro Birinchi yordam odatda boshqa kishi tomonidan ko'rsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol Birinchi yordam ko'rsatish zarur. Keyingi ko'rsatiladigan tibbiy yordam Birinchi yordamning qanchalik to'g'ri ko'rsatilganligiga bog'liq. Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi: Ochiq va yopiq shikastlanishlar. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi. Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho'zilish, suyaklar chiqishi, yumshoq to'qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi). Sababi: o'tmas to'mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib chiqadi. Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho'zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq sinishi kiradi. Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to'mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish deyiladi. ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
722.32 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
722.32 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:25 ]
Arxiv ichida: pptx