Ko'p apparatli bug'latish qurilmasi Reja 1. o'p apparatli bug'latish qurilmalari 2. o'p apparatli qurilmalarning sxemalari. 3. Issiqlik almashinish va bug'latish apparatlari o'p apparatli bug'latish qurilmalari Sanoatda eritmalarni quyuqlashtirish uchun ko'p apparatli bug'latish qurilmalari keng ishlatiladi. Bunday qurilmalar isituvchi bug'ning issiqligidan bir necha bor foydalanishga asoslangan. Bunda birinchi apparatga isituvchi bug' berilsa, ikkinchi apparatni isitish uchun birinchi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug' ishlatiladi, uchinchi apparatni isitish uchun esa ikkinchi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug' ishlatiladi va hakozo. Oxirgi apparatdan chiqayotgan ikkilamchi bug' kondensatorga yuboriladi. Apparatning soni ko'payishi bilan 1 kg suvni bug'latish uchun zarur bo'lgan isituvchi bug'ning sarfi kamayib boradi. Agar bir apparatli qurilmadan ikki apparatli qurilmaga o'tishda bug'ning sarfi taxminan 50% ga kamaysa, to'rt apparatli qurilmadan besh apparatli qurilmaga o'tishda bug'ning sarfi faqat 10% ga kamayadi. Demak, malum bir konkret sharoit uchun apparatlarning optimal soni topilishi zarur. o'p apparatli qurilmalarning sxemalari Oxirgi apparatdagi ikkilamchi bug'ning bosimiga ko'ra, ko'p apparatli bug'latish qurilmalari vakuum (siyraqlanish) bilan va yuqori bosim ostida ishlaydigan bo'ladi. Isituvchi bug' va bug'lanayotgan eritma oqimlarining o'zaro harakatiga ko'ra ko'p apparatli bug'latish qurilmalari bir necha sxemalarga bo'linadi: bir yo'nalishli ko'p apparatli bug'latish qurilmalari; qarama-qarshi yo'nalishli ko'p apparatli bug'latish qurilmalari; eritma bilan uzluksiz parallel ta'minlanadigan bug'latish qurilmalari; murakkab sxemalar; elektr - bug' ajratib olinadigan ko'p apparatli bug'latish qurilmalari. Sanoatda bir yo'nalishli qurilmalar keng ishlatiladi. ( -rasm), chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisoblanadi. Bunda qurilmalarda kichik parametrli suv bug'idan foydalanish mumkin. Ayrim vaqtlarda qurilmaning birinchi apparatini isitish uchun bug' turbinalarida ishlatilib bo'lingan suv bug'idan foydalansa bo'ladi. Bir yo'nalishli qurilma bir necha apparatdan (bizning misolimizda ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.41 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.41 KB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
17 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:26 ]
Arxiv ichida: doc