Ko'payish a'zolari fiziologiyasi Reja: Erkak jinsiy a'zolarining tuzilishi va faoliyati. Urug'donlarda erkak jinsiy gormonlarining hosil bo'lishi. Ayol jinsiy a'zolarining tuzilishi va faoliyati. Bachadonning tuzilishi va sikli. Sut bezlarining tuzilishi va funksiyasi. Ayollarning jinsiy gormonlarining hosil bo'dishi. Ko'payish bakteriyalardan tortib sut emizuvchilargacha bo'lgan organizmlarning asosiy hossaligi sababli har bir tur mavjud bo'ladi, ota-ona individlari bilan nasl-avlod o'rtasida uzluksiz saqlanib turadi. Jinsiz va jinsiy ko'payish shakllari mavjud. Jinssiz ko'payish jinsiy hujayralar uchun xarakterli belgilari bo'lmaydigan bitta hujayra yordamida yuzaga chiqadi. Jinssiz ko'payish tabiatda keng tarqalgan. Evolyutsiya jarayonida birmuncha murakkab jinsiy ko'payish vujudga kelgan. Sutemizuvchilarga ham jinsiy ko'payish xosdir. Ko'payishning bu shakli urg'ochi jinsiy bezlarida hosil bo'lgan tuxum hujayralar va erkak jinsiy bezlarida hosil bo'luvchi spermatozoidlar hisobiga yuzaga chiqadi. Shu ikki hujayra bir-biri bilan qo'shilib urug'langandan keyingina yangi organizm rivojlanadi. Erkak jinsiy a'zolarining tuzilishi va faoliyati. Erkaklarning ichki jinsiy a'zolariga moyaklar yoki urug'donlar, urug' chiqaruvchi yo'llar, prostata bezi, bulbouretal (kuper) bezlari va urug' pufakchalari kiradi. Urug'donlarda erkak jinsiy gormonlari va spermatozoidlar hosil bo'ladi. Urug'donlar yorg'oqda joylashgan oval shaklli juft tuzilma. Yuza tomondan urug'donlarda ularning ortiqlari taqalib turadi. Urug'donlarning ko'p qismi tashqi tomondan seroz parda - qorin pardasi bilan qoplapgan, shu parda orqasida zich biriktiruvchi to'qima parda joylashgan. Shu oq pardadan boshlanadigan ingichka biriktiruvchi to'qima to'siqlari urug'don moddasini 100-250 ta bo'lakchalarga bo'ladi. har bir bo'lakchada 1-2 tadan burama urug' kanalchalari bor. Bo'lakchaning uchida burama kanalchalar asta-sekin to'g'ri kanalchalarga boradi. Burama urug' kanalchasini yo'li quvvatlab boruvchi (trofik) hujayralar qatlami va spermatogenezning turli bosqichlarida bo'lgan bir talay spermatogenez epiteliy hujayralari qatorlari bilan qoplangan bo'ladi. Urug'donning kapillyarlar ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.9 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:26
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.9 KB
Ko'rishlar soni
94 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:26 ]
Arxiv ichida: doc