Ko'payish va rivojlanish

Ko'payish va rivojlanish

O'quvchilarga / Tibbiyot
Ko'payish va rivojlanish - rasmi

Material tavsifi

Ko'payish va rivojlanish. REJA: 1.Ko'payishning ahamiyati. 2.Urug'lanish. 3.Homilaning paydo bo'lishi. 4.Bachadondan tashqari homiladorlik. 5.Homilaga zarar yetkazuvchi faktorlar. 6.Homiladorning sog'lom turmush tarzi. 7.Chaqaloq parvarishi. 8.Chaqaloq kasalliklari. 1.Ko'payishning ahamiyati. Kishilik jamiyati asrdan-asrga rivojlanib, davom etadi. Jamiyatda yashovchi avlodlar uzluksiz almashinib turadi. Avlodlarning almashinuvi ko'payish bilan bog'liq. Ko'payish barcha tirik mavjudodga xosdir. Ko'payish orqali o'simliklar, hayvonlar va odam o'z turini saqlab qoladi, hamda hayotni davom ettiradi. Ko'payish jinssiz va jinsiy yo'l bilan amalga oshadi. Yuksak hayvonlar va odam jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinsiy yo'l bilan ko'payishning biologik jihatdan ustunligi shundaki, undan bunyod bo'lgan bola organizmida ota-onaning eng afzal nasl belgilarini mujassamlashtirish imkoniyati mavjud. Bu esa yangi avlod ota-onaning har qaysisiga nisbatan yanada hayotchanroq bo'lishini ta'minlaydi. Bunyod bo'lgan bola organizmida ota-ona organizmining ma'lum belgilari mujassamlashadi. Shu bilan birga, bola organizmi ota-ona organizmidan ma'lum darajada ijobiy xususiyatlari bilan farq qiladi. Ammo, shuning bilan birga, bola organizmiga ota va ona jinsiy hujayralarining qo'shilishi va homilani paydo bo'lishi vaqtidan boshlab, to tug'ilgunicha, hamda tug'ilgandan keyin o'sishi, rivojlanishi davrida atrof-muhit omillari uzluksiz ta'sir etib turadi.Atrof-muhitning noqulay ta'siri oqibatida bola organizmida noxush o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin. Ko'payish erkak va ayol o'rtasidagi jinsiy hayot orqali sodir bo'ladi.Jinsiy hayot murakkab jismoniy, ruhiy, ijtimoiy jarayonlar kompleksidir.Jinsiy hayot avlodni davom ettirish uchun xizmat qilishi bilan birga, erkak va ayol o'rtasidagi ma'naviy yaqinlikni ham ifodalaydi. 2.Urug'lanish. Odamning hayoti ona organizmida ikkita jinsiy hujayralarning, ya'ni ayol organizmida ishlab chiqarilgan tuxum hujayra bilan erkak organizmida ishlab chiqarilgan spermatazoidning qo'shilishi natijasida bitta yangi hujayra, ya'ni yangi organizm-homila paydo bo'lishidan boshlanadi. Bir-biriga qo'shilgan ayollik va erkaklik jinsiy hujayralarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.41 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 31.03.2025 | 02:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Tibbiyot
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.41 KB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga