Tayanch iboralar: kon'yunktiva. Mexanik, fizik, kimyoviy va biologik omillar. Lizotsim miqdori. Telyaziya lichinkasi. Kon'yunktival xalta. Kon'yunktivitlar. O'tkir kataral kon'yunktivit. Blefarospazm. Qotiruvchi (burishtiruvchi) moddalar. Yuzaki va chuqur yiringli kon'yunktivitlar. Retrobulbar qamal. Follikulyar kon'yunktivit. Ko'z yoshi bezining yallig'lanishi. 1. Kon'yunktiva yallig'lanishi mexanik, fizik, kimyoviy va biologik omillar ta'sirida kelib chiqadi. - mexanik shikastlanishlar - yod jismlar ta'siri, kipriklarning ichkariga qaytib qolishi; qovoqlarning tashqariga va ichkariga qaytib qolishi, yopilmay qolishi va boshqalar. Parazitlar kon'yunktival xaltaga tushib qolganda ular yod jism bo'libgina qolmay, kimyoviy ta'sir ham ko'rsatadi. - kimyoviy omillar - molxonalarda ko'p miqdorda ammiak gazining to'planib qolishi, havo almashinuvining buzilishi, kimyoviy o'g'itlarni ortganda va tushirganda changishi, dorivor moddalarni (spirtli eritmalar, o'tkir malhamlar, ishqor) noto'g'ri qo'llash. - fizikaviy omillar - yuqori harorat, ultrabinafsha va rentgen nurlari. Erta bahorda quyosh nuri tarkibida ultrabinafsha nurlari ayniqsa ko'p bo'ladi. - biologik omillar - yomon sifatli ozuqalar bilan oziqlantirishda zamburug'' va mikroblarning ko'zga tushishi. Organizm rezistentligi pasayganda yoki ko'z yoshida lizotsim miqdori kamayib ketganda, kon'yunktival xaltadagi mavjud mikroblarning aktivlashishi. Telyaziyaning yetilgan va lichinkali shakllari. Kon'yunktivitlar simptomatik bo'lishi ham mumkin. Masalan: itlar o'lati, inflyuensa, qoramollarning kataral isitmasi, parrandalarning chechak difteriti. Kon'yunktivitlar ko'zning himoya a'zolari (teri, ko'z kosasi, ko'z yoshi bezi, shox parda) kasalliklari oqibatida ham yuzaga keladi va aksincha. Kon'yunktivitlarning tasniflanishi: keltirib chiqaruvchi sabablar va ekssudatning xarakteriga qarab: aseptik yoki kataral, fibrinozli, yiringli va spetsifik (tuberkulyozda) bo'ladi. kechishi bo'yicha o'tkir va surunkali; jarayonning chuqurligiga qarab yuzaki va chuqur (parenximatoz yoki to'g'rirog'i flegmonozli); itlarning uchinchi qovoq follikullari zararlanishida - follikulyar kon'yunktivitlar uchraydi. O'tkir kataral kon'yunktivitning etiologiyasi yuqorida keltirilgan. Bu kasallik ...

Joylangan
18 May 2024 | 11:13:11
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
31.03.2025 | 02:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
18 May 2024 [ 11:13 ]
Bo'lim
Tibbiyot
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.72 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
31.03.2025 [ 02:27 ]
Arxiv ichida: doc